Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
HAR BIR MUROJAAT E'TIBORDA
2021-06-25 21:07:40 786
Farg’ona shahar hokimi Mirzohid Ubaydullayev navbatdagi fuqarolar qabulini “Istiqlol” MFY da o’tkazdi.
Qabulda hokim fuqarolar bilan yuzma-yuz suhbatlashib, murojaatlarini birma-bir tingladi. Ular qo’ygan muammolar bo’yicha hokim o’rinbosarlari va boshqa tegishli tashkilotlar mutasaddilari ishtirokida zarur choralar ko’rdi. Ayrim murojaatlarda ko’rsatilgan masalalarni hal etish yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq topshiriq va ko’rsatmalar berdi.
Ochiq va samimiy muloqot tarzida kechgan qabulda uy-joy, moddiy yordam, kommunal xizmat, bank, huquqni muhofaza qilish idoralari, sog’liqni saqlash, bandlik, tadbirkorlik va boshqa masalalarga oid 32 ta murojaatning 8 tasi joyida ijobiy hal etildi. Olti nafar fuqaroning murojaati bo’yicha huquqiy tushuntirish berildi. Qolgan 18 tasi qonunchilikda belgilangan muddatlarda o’rganib, chora ko’rish uchun tegishli tashkilot va idoralarga yuborilib, ijrosi nazoratga olindi.