Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
FARG’ONA SHAHRIDA “TADBIRKOR YOSHLARGA MADADKOR” SHIORI OSTIDA MEHNAT YARMARKASI BO’LIB O’TDI
2021-05-17 18:48:24 852
Mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosati sohasida keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda. O’tgan vaqt ichida, yoshlarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, mamlakatimiz istiqboli uchun mas'uliyatni o’z zimmasiga olishga qodir, tashabbuskor, shijoatli yoshlarni tarbiyalash borasida alohida tizim yaratildi.
Keyingi uch yilda yoshlarga oid davlat siyosatining huquqiy asoslarini mustahkamlash bo’yicha 43 ta qonun va boshqa me'yoriy hujjatlar qabul qilingani, 70 ga yaqin normativ-huquqiy hujjatga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritilgani fikrimiz dalilidir.
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o’tkazilgan 2021 yil 13 apreldagi yig’ilishda davlat rahbari 2021 yilning 1 may va 1 iyunidan boshlab tadbirkorlar va «yoshlar daftari»dagi yigit-qizlarga bir qator imtiyoz hamda imkoniyatlar taqdim etilishini ta'kidladi. Bu orqali joriy yilda kamida 500 ming yoshlarni ishga qabul qilgan tadbirkorlarni rag’batlantirish mexanizmi yaratiladi va tadbirkorlar ixtiyorida bir yilda 1 trillion so’mdan ziyod mablag’ qoladi.
Bugun Farg’ona shahridagi hiyobonda viloyat hokimligi tashabbusi bilan Farg’ona shahar hokimligi, bandlikka ko’maklashish boshqarmasi, bir qator davlat va jamoat tashkilotlari hamkorligida “tadbirkor yoshlarga madadkor” shiori ostida 1+1 yoshlarni tadbirkorlarga xamda hunarmandlarga biriktirish bo’yicha mehnat yarmarkasi o’tkazildi. Tashkil etilgan mehnat yarmarkasida 700 dan ortiq bo’sh ish o’rinlari yoshlarga taklif qilindi.
Mehnat yarmarkasida o’z tadbirkorligini boshlash niyatidagi yoshlar uchun bank xodimlari tomonidan tushunchalar berildi. Yarmarkada Farg’ona shahar hokimi o’rinbosari B. Mo’minov qatnashdi va so’zga chiqdi.