Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 15 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

FARG’ONA SHAHRIDA “TADBIRKOR YOSHLARGA MADADKOR” SHIORI OSTIDA  MEHNAT YARMARKASI BO’LIB O’TDI

×

 2021-05-17 18:48:24    759

PDF yuklash
Chop etish


Mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosati sohasida keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda. O’tgan vaqt ichida, yoshlarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, mamlakatimiz istiqboli uchun mas'uliyatni o’z zimmasiga olishga qodir, tashabbuskor, shijoatli yoshlarni tarbiyalash borasida alohida tizim yaratildi.

Keyingi uch yilda yoshlarga oid davlat siyosatining huquqiy asoslarini mustahkamlash bo’yicha 43 ta qonun va boshqa me'yoriy hujjatlar qabul qilingani, 70 ga yaqin normativ-huquqiy hujjatga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritilgani fikrimiz dalilidir.

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o’tkazilgan 2021 yil 13 apreldagi  yig’ilishda davlat rahbari 2021 yilning 1 may va 1 iyunidan boshlab tadbirkorlar va «yoshlar daftari»dagi yigit-qizlarga bir qator imtiyoz hamda imkoniyatlar taqdim etilishini ta'kidladi. Bu orqali joriy yilda kamida 500 ming yoshlarni ishga qabul qilgan tadbirkorlarni rag’batlantirish mexanizmi yaratiladi va tadbirkorlar ixtiyorida bir yilda 1 trillion so’mdan ziyod mablag’ qoladi.

Bugun Farg’ona shahridagi hiyobonda viloyat hokimligi tashabbusi bilan Farg’ona shahar hokimligi, bandlikka ko’maklashish boshqarmasi, bir qator davlat va jamoat tashkilotlari hamkorligida “tadbirkor yoshlarga madadkor” shiori ostida  1+1 yoshlarni  tadbirkorlarga xamda hunarmandlarga biriktirish bo’yicha mehnat yarmarkasi o’tkazildi. Tashkil etilgan mehnat yarmarkasida  700 dan ortiq  bo’sh ish o’rinlari yoshlarga taklif qilindi.

Mehnat yarmarkasida o’z tadbirkorligini boshlash niyatidagi yoshlar uchun bank xodimlari tomonidan tushunchalar berildi. Yarmarkada Farg’ona shahar hokimi o’rinbosari B. Mo’minov qatnashdi va so’zga chiqdi.



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram