Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 8 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Farg‘ona shahar hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

 2020-02-24 12:04:38    1199

PDF yuklash
Chop etish


Farg‘ona shahrida bo‘lib o‘tgan viloyat faollari yig‘ilishida xalq deputatlari shahar Kengashi deputatlari, sektor rahbarlari, shahar hokimining o‘rinbosarlari, jamoat tashkilotlari mutasaddilari hamda OАV vakillari ishtirok etdi.

Shahar hokimi H.Habibidinov boshqarib borgan yig‘ilishda Prezidentimizning joriy yil 18 fevraldagi “Jamiyatda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sog‘lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo‘llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq, tashkiliy masala ko‘rildi. Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Farg‘ona shahar kengashi raisining birinchi o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan Farhod Jo‘raev shahar hokimining o‘rinbosari – Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i etib tayinlandi.

Faollar yig‘ilishida viloyat hokimining o‘rinbosari F.Qosimov so‘zga chiqdi.