Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 15 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Farg‘ona shahar qurilish boshqarmasining bildirishi

 2019-12-09 10:17:54    1447

PDF yuklash
Chop etish


Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona shahri Usmon Nosir ko‘chasida noma’lum tadbirkor bolalar maydonchasini egallab, avtoturargoh qurmoqda, degan xabar tarqaldi.

Ushba holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.

Farg‘ona shahar “Yangi Soy” mahalla fuqarolar yig‘inining

2019 yil 4 noyabrdagi arizasi belgilangan tartibda Farg‘ona shahar qurilish boshqarmasi mutaxassislari tomonidan U.Nosir ko‘chasi 1-son ko‘p qavatli turar-joy oldidagi bo‘sh er maydoniga “MPS GASTRO-MED” MCHJ rahbariyati tomonidan noqonuniy ravishda qurilish ishlari boshlanganligi joyiga chiqib o‘rganilgan.

Boshqarma arxivida saqlanib kelinayotgan hujjatlarga asosan, Farg‘ona shahar U.Nosir ko‘chasida joylashgan bino-inshootlar fuqaro E.Toshtemirovga tegishli bo‘lgan kir yuvish sexi hisoblanadi.

E.Toshtemirovning Farg‘ona shahar hokimi nomiga yozgan arizasi, Farg‘ona shahar er resurslari va davlat kadastri bo‘limi, Farg‘ona shahar yong‘in xavfsizligi bo‘limi, Farg‘ona shahar Davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazi, Farg‘ona shahar Arxitektura va qurilish boshqarmasining xulosalari hamda Farg‘ona shahar hokimligi aholi punktlarida kompleks qurilishlarga ruxsat berish bo‘yicha doimiy harakatdagi komissiyasining 2018 yil 14 mart kungi dalolatnomasiga asosan unga tegishli bo‘lgan kir yuvishssexi binosini qayta ta’mirlash yo‘li bilan maktabgacha ta’lim muassasiga moslashtirishga hamda orqa va yon tomonlaridagi 1700 kv.metr er maydonini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish uchun biriktirib berilgan. Bu haqida Farg‘ona shahar hokimining 2018 yil 23 martdagi 364-son qarori qabul qilingan.