Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 7 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Fargʻonada “Onalarga ehtirom” festivali boshlanmoqda

×

 2023-05-02 16:45:49    286

PDF yuklash
Chop etish


Joriy yilning 20-may sanasiga qadar Fargʻona viloyati shahar va tumanlarida yildan yilga anʼnaviy tus olayotgan “Onalarga ehtirom” festivali boʻlib oʻtadi.


Farzandlar uchun borligʻini fido qilgan Onalardek ulugʻ zotlarga boʻlgan yuksak ehtiromni namoyon etish, oʻsib kelayotgan yosh avlodning ongi shuurida ota-onaga hurmat, farzandlik burchlarini ado etish, ularni qadrlash kabi fazilatlarni shakllantirish kabi gʻoyalarni mujassam etgan ushbu festival bu yil uchinchi bor oʻtkaziladi.


Viloyat hokimining 2021-yil 28-apreldagi “Fargʻona viloyatida “Onalarga ehtirom” festivalini yuqori saviyada tashkil etish va oʻtkazish toʻgʻrisida”gi 168-sonli qarori ijrosi doirasida tashkil etiladigan festival, 15-mayga qadar shahar va tumanlar kesimida oʻtkaziladi, yakuniy viloyat bosqichi 20-may kuni Fargʻona shahridagi Islom Karimov nomli viloyat teatr-konsert saroyi sahnida taniqli sanʼatkorlar ishtirokida gala-konsert bilan birga boʻlib oʻtadi.