Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 21 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Fuqarolar hamda tashkilot, korxona va muassasalarning rahbarlari diqqatiga

×

 2022-09-27 21:02:26    210

PDF yuklash
Chop etish


Ob-havo haroratining pasayib borishi natijasida gaz va boshqa turdagi muqobil yoqilgʼi isitish moslamalaridan foydalanishga boʼlgan extiyoj ortib boradi. Bunday paytlarda isitish moslamalaridan notoʼgʼri foydalanish oqibatida koʼngilsiz hodisalar sodir boʼlishi hamda insonlar is gazidan zaharlanishi mumkin.Shu munosabat bilan, bunday koʼngilsiz hodisalarni oldini olish maqsadida gaz uskunalaridan va isitish moslamalaridan foydalanishda quyidagi yongʼin va xavfsizlik talablariga rioya qilishingizni soʼraymiz:qoʼlbola va nosoz gaz isitish moslamalaridan foydalanmang;tungi vaqt aholi turar joylarida oʼrnatilgan isitish tizimini nazoratsiz qoldirmang;oshxonada oʼrnatilgan tabiiy gazda ishlovchi gaz plitalardan xonalarni isitish maqsadida foydalanmang;isitish pechlari va ularning moʼrilarini sozligiga, ularni turli buyum va toʼsiqlar bilan berkitilmasligiga hamda maxsus tashkilotlar tomonidan oʼz vaqtida tozalanishiga alohida eʼtibor bering;isitish moslamalari yaqinida yonuvchan buyumlarni saqlamang;isitish moslamalaridan foydalanishda ularni ishlab chiqargan korxonaning tavsiya va yoʼriqnomasi talablariga rioya qiling;gaz uskunalarni ulash tartib qoidalariga rioya qiling va ularga rezina shlangalar orqali ulanishga yoʼl qoʼymang;agarda xonada gaz hidini sezsangiz, chiroq va uchqun chiqaruvchi moslamalardan aslo foydalanmang, darhol xonani shamollating hamda “104” telefon raqami bilan gaz xizmatiga zudlik bilan xabar bering;bolalarni yolgʼiz qoldirmang.Ushbu qoidalarga rioya etish bilan Siz oʼzingiz va yaqinlaringizni hamda uy-joyingizni koʼngilsiz hodisalardan saqlagan boʼlasiz.


Fargʼona shahar Favqulodda vaziyatlar boʼlimi