Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
5-maktabda davra suhbati o‘tkazildi
2024-01-22 22:00:46 10827
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) hamda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan 2023 yil 18 dekabr kuni tasdiqlangan “Umumiy o‘rta va ta’lim muassasalarida “Ombudsman soati” loyihasi doirasida yoshlarning inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi xabardorligini oshirishga qaratilgan” chora-tadbirlar rejasining 1-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida Farg‘ona shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 5-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining yuqori sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Huquqlarimni kim ta’minlaydi?” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Ombudsmanning Farg‘ona viloyatidagi mintaqaviy vakili A.Kamilov, Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'lim boshqarmasining maktabdan tashqari ta’limni tashkil etish shoʻba bosh metodisti I.Sobirjonov hamda o‘quvchilar ishtirok etishdi.
Tadbir davomida o‘quvchilar mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollariga Ombudsmanning mintaqaviy vakili tomonidan javoblar olishdi.