Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 5 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

5-maktabda davra suhbati o‘tkazildi

×

 2024-01-22 22:00:46    8347

PDF yuklash
Chop etish


O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) hamda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi  tomonidan 2023 yil  18 dekabr kuni tasdiqlangan “Umumiy o‘rta va ta’lim muassasalarida “Ombudsman soati” loyihasi doirasida yoshlarning inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi xabardorligini oshirishga qaratilgan”  chora-tadbirlar rejasining 1-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida Farg‘ona shahar maktabgacha va maktab ta’limi  bo‘limiga qarashli 5-sonli  umumiy o‘rta ta’lim maktabining yuqori sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Huquqlarimni kim ta’minlaydi?” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Ombudsmanning Farg‘ona viloyatidagi mintaqaviy vakili A.Kamilov, Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'lim boshqarmasining maktabdan tashqari ta’limni tashkil etish shoʻba bosh metodisti I.Sobirjonov hamda o‘quvchilar ishtirok etishdi. 
Tadbir davomida o‘quvchilar mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollariga Ombudsmanning mintaqaviy vakili tomonidan javoblar olishdi.