Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 30 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Fargʼona viloyat ruhiy-asab kasalliklar shifoxonasida monitoring ishlari olib borildi

×

 2022-11-26 00:42:48    624

PDF yuklash
Chop etish


Аniqlanishicha, ushbu shifoxonada jami 360 nafar bemor ayol va erkaklarga tibbiy yordam koʼrsatiladi. Shifoxonada 10 ta boʼlimlar mavjud. Bemorlarga jami 436 nafar xodimlar, yaьni 28 ta vrach, 163 ta xamshira, 5 ta psixolog, 188 ta kichik tibbiyot xodimi, 50 ta xoʼjalik xodimi, logoped, dorixona xodimlari xizmat qiladi.


Shifoxonada muolaja uchun xamma kerakli shart-sharoitlar, dori-darmonlar mavjud boʼlsada, lekin maʼmuriyat binosi taʼmirtalab xolatda. Binoni rekonstruktsiya qilish ishlarini 2023 yilda amalga oshirilishi koʼzda tutilmoqda. Xonalar koʼzdan kechirilganda bemorlarga sharoitlar yaratilganligi, yuvinish xonalari borligi, yaxshi xolatda ekanligi aniqlandi. 


Shifoxonadagi bemorlarga yaratilgan sharoitlar, oziq-ovqat taʼminoti, davolanayotgan bemorlarning saqlanishi oʼrganildi. Davolanayotgan bemorlarning 47 nafari bilan ommaviy, 2 nafari bilan yakkama-yakka uchrashib, suxbat oʼtkazildi. Bemor А.B va O.Nlar bilan oʼtkazilgan suxbatda ularga oʼz vaqtida kerakli muolajalar oʼtkazilayotganligi, tibbiy xizmatdan eʼtirozlari yoʼqligi, oziq-ovqat taʼminotidan ham shikoyatlari yuqligini bildirdilar.


Shifoxonada uzoq vaqtdan beri davolanayotganlar ham bor ekanligi aniqlandi. Jumladan, А.B 1993 yildan buyon davolanmoqda, dastlab onasi tirikligida vaqti-vaqti bilan davolanib turgan, keyinchalik esa ijtimoiy xavfli qilmish sodir etganligi uchun jinoyat ishlari boʼyicha sudning xukmiga koʼra tibbiy yoʼsindagi majburlov chorasi qoʼllanilib, majburiy tartibda davolanib kelmoqda. Onasi vafot etganidan soʼng boshqa yaqinlaridan xech kim yoʼqligi sababli ijtimoiy masalalarni xal etish maqsadida xozirgi kunga qadar davolanishni davom ettirayotganligi maʼlum boʼldi.


Oshxona koʼzdan kechirilganda belgilangan menyularga asosan bemorlarga taomlar tayyorlanib, oziq-ovqat maxsulotlari toʼliq va taomnomaga mos ravishda berilayotganligi aniqlandi. Monitoring tashrifi davomida masʼullarga tegishli tavsiyalar berildi.


А.Kamilov,Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʼyicha Fargʼona viloyati mintaqaviy vakili