Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Fargʻona shahar hokimligida 2022-yilning III choragi yakuniga qadar “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni ijrosini taʼminlash borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan A X B O R O T
2022-10-25 17:08:35 362
Fargʻona shahar hokimligida, Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonuni talablari ijrosini taʼminlash maqsadida 2022-yilning III choragi yakuniga qadar kelib tushgan barcha turdagi murojaatlar natijasi tahlil qilindi.
Fargʻona shahar hokimligiga kelib tushgan murojaatlar oʻz muddatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-fevral kungi “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-6166-sonli Farmoni (ijrosini taʼminlash maqsadida Fargʻona shahar hokimining 2021-yil 19-fevral kungi 72-sonli qarori qabul qilingan) hamda 2021-yil 31-may kungi ““IJRO.GOV.UZ” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5132-sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida “IJRO.GOV.UZ” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi orqali belgilangan tartibda roʻyhatga olindi hamda bajarilishi ustidan kunlik monitoring yuritilib, bajarish muddatlari boʻyicha bir kun oldin ijrochilarga shahar hokimligining telegram ijtimoiy tarmogʻidagi “Ijro intizomi” guruhi va masʼul ijrochining shaxsiy akkauntlari orqali eslatmalar kiritildi.Joriy yilning III choragi mobaynida Fargʻona shahar hokimligiga jismoniy va yuridik shahslardan jami 7 119 ta (oʻtgan 2021-yilning shu davrida 10 017 ta) murojaatlar kelib tushgan.
Shu oʻrinda qayd etib oʻtish lozimki, murojaatlar oʻtgan 2021-yilning shu davriga nisbatan 2 898 taga yaʼni 28,9 %ga kamaygan.Fargʻona shahar hokimligida joriy yilning III choragi yakuniga qadar roʻyxatga olingan jami 7 119 ta (oʻtgan 2021-yilning shu davrida 10 017 ta) jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarni kelib tushgan yoʻnalishlari (kanallari) boʻyicha tahlil qilinganda:- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining virtual va Xalq qabulxonalari orqali kelib tushgan murojaatlar - 1 987 ta 27,9% (3 177 ta 31,7 %);
- Fargʻona viloyati hokimligi va boshqa yuqori turuvchi davlat idoralaridan koʻrib chiqish uchun yuborilgan (nomenklaturasi -01-39) murojaatlar – 533 ta 7,4 % (oʻtgan 2021-yilning shu davrida 1 069 ta 10,7 %);- Fargʻona shahar hokimligiga toʻgʻridan-toʻgʻri kelib tushgan (nomenklaturasi -01-40) murojaatlar - 2 140 ta 30,1% (2 086 ta 20,9%);
- Fargʻona shahar hokimi tomonidan oʻtkazilgan ommaviy, sayyor va shaxsiy qabullar davomida kelib tushgan murojaatlar - 2 459 ta yaʼni 34,5% (3 685 ta 36,8%)ni tashkil etadi. Ushbularni murojaat shakllari boʻyicha tahlil qilinganda:- shikoyatlar soni – 21 ta yaʼni 0,3 foiz;- takliflar – 19 ta yani 0,3 foiz;- arizalar – 7 079 ta yani 99,4 foizni tashkil etadi. Mazkur murojaatlarni sohalar kesimida tahlil qilinganda:- uy-joy (orderli va kredit asosida) va yotoqxonadan joy ajratish masalasida 1 842 ta 25,9% (2 561 ta 25,6%);- moddiy yordam ajratish masalasida 1 361 ta 19,1 % (1 346 ta 13,4%);- uy-joy qurish uchun yer ajratish masalasida 25 ta 0,4 % (627 ta 6,3 %);- koʻchalarni taʼmirlash masalasida 318 ta 4,5% (569 ta 5,7 %);- tadbirkorlik uchun yer ajratish masalasida 19 ta 0,3 % (256 ta 2,6%);- qurilish masalalarida 65 ta 0,9 % (485 ta 4,8%);- tadbirkorlik masalasida 188 ta 2,6 % (144 ta 1,4 %);- ish haqqi va ishga joylashtirish masalasida 184 ta 2,6% (226ta 2,3%);- bank krediti masalasida 83 ta 1,2% (124 ta 1,2%);- sogʻliqni saqlash masalasida 206 ta 2,9% (249 ta 2,5%);- elektr va gazlashtirish masalalarida 31 ta 0,4% (47 ta 0,5%);- uylarni taʼmirlash masalasida 156 ta 2,2% (194 ta 1,9%);- MFYga oid masalasida 12 ta 0,2% (19 ta 0,2%);- boshqa turli masalalarda 2087ta 29,3%(2966ta 29,6%)ni tashkil etdi.- voyaga yetmaganlar komissiyasiga kelib tushgan 542 ta 7,6% (204 ta 2,0%); Mazkur murojaatlar sektorlar kesimida tahlil etilganda:- 1-sektordan 2 487 ta 34,9 % (3 043 ta 30,4 %);- 2-sektordan 1 919 ta 27,0 % (2 342 ta 23,4 %);- 3-sektordan 1 605 ta 22,5 % (2 316 ta 23,1 %);- 4-sektordan 985 ta 13,8 % (1 949 ta 19,5 %)ni tashkil etdi, shuningdek, boshqa shaxar va tumanlardan 123 ta 1,7% (367 ta 3,7%) turli murojaatlar kelib tushgan. Kelib tushgan murojaatlarning 4 002 ta 56,3 % (4989 ta 49,8 %) murojaat ijobiy hal etildi, 2 067 ta 29,0 % (4 319 ta 43,1 %) holatda huquqiy maʼlumot berish orqali hal qilingan, 1 040 ta 14,6 % (660 ta 6,6 %) holatda aholi va tadbirkorlik subyektlariga tushuntirishlar berildi, 10 ta 0,1 % (49 ta 0,5 %) holatda murojaatlar anonim deb topilgan xamda koʻrmasdan qoldirilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining virtual va Xalq qabulxonalariga kelib tushgan jami 1 987 ta (oʻtgan 2021-yilning shu davrida 3 177 ta, farqi 1190 taga yoki 37,5%ga kamaygan) murojaatlarni masalasi boʻyicha taxlil qilinganda:- uy-joy (orderli va kredit asosida) va yotoqxona ajratish masalasida 928 ta 46,7% (1 432 ta 45,1%);- moddiy yordam ajratish masalasida 427 ta 21,5% (460 ta 14,5%);- uy-joy qurish uchun yer ajratish masalasida 2 ta 0,1% (104 ta 3,3%);- koʻchalarni taʼmirlash masalasida 233 ta 11,7% (417 ta 13,1%);- tadbirkorlik uchun yer ajratish masalasida 7 ta 0,4 % (102 ta 3,2 %);- boshqa turli masalalarda 390 ta 19,6% (662 ta 20,8%) tashkil etdi.Ushbu murojaatlarning sektorlar kesimida tahlil qilinganda;
- 1-sektordan 711 ta 35,8% (944 ta 29,7%);
- 2-sektordan 564 ta 28,4% (836 ta 26,3%);
- 3-sektordan 392 ta 19,7 % (746 ta 23,5 %);
- 4-sektordan 253 ta 12,7% (542 ta 17,1%)ni tashkil etdi, shuningdek, boshqa shaxar va tumanlardan 67 ta 3,4% (109 ta 3,4%) turli murojaatlar kelib tushgan.Mazkur murojaatlarning 55 ta 2,8% (204 ta 6,4%) holatda aholi va tadbirkorlik subyektlariga tushuntirishlar berilgan, 635 ta 32,0% (857 ta 27,0%) holatda huquqiy maʼlumot berish orqali hal qilingan, 1287 ta 64,8% (2067 ta 65,1%) holatda ijobiy hal qilindi, 10 ta 0,5% (49 ta 1,5%) holatda murojaatlar anonim deb topilgan hamda koʻrmasdan qoldirildi.Joriy yilning III choragi mobaynida Fargʻona viloyati hokimligi va boshqa yuqori turuvchi davlat idoralari tomonidan koʻrib chiqish uchun yuborilgan hamda Fargʻona shahar hokimligiga toʻgʻridan-toʻgʻri kelib tushgan jismoniy va yuridik shaxslarning jami 2 673 ta (oʻtgan 2021-yilning shu davrida 3 155 ta, farqi 482 taga yoki 15,3%ga kamaygan) murojaatlari masalasi boʻyicha taxlil qilinganda:- uy-joy (orderli va kredit asosida) va yotoqxona ajratish masalasida 627 ta 23,5% (727 ta 23,0%);- moddiy yordam ajratish masalasida 255 ta 9,5 % (162 ta 5,1 %);- uy-joy qurish uchun yer ajratish masalasida 23 ta 0,9% (523 ta 16,6%);- koʻchalarni taʼmirlash masalasida 47 ta 1,8% (96 ta 3,0%);- tadbirkorlik uchun yer ajratish masalasida 12 ta 0,4% (154 ta 4,9%);- qurilish masalasida 36 ta 1,3% (389 ta 12,3%);- tadbirkorlikni rivojlantirish masalasida 42 ta 1,6% (107 ta 3,4%);- ish haqi va ish bilan taʼminlash masalalarida 66 ta 2,5% (72 ta 2,3%);- voyaga yetmaganlar komissiyasiga kelib tushgan 542 ta 20,3% (204 ta 6,5%);- boshqa turli masalalarda 1023 ta 38,3% (721 ta 22,9%)ni tashkil etdi.Ushbu murojaatlarning sektorlar kesimida tahlil qilinganda:- 1-sektordan 909 ta 34,0% (923 ta 29,3%);- 2-sektordan 726 ta 27,2% (612 ta 19,4%);- 3-sektordan 637 ta 23,8% (805 ta 25,5%);- 4-sektordan 371 ta 13,9% (621 ta 19,7%) tashkil etdi, shuningdek, boshqa shaxar va tumanlardan 30 ta 1,1 % (194 ta 6,1 %) turli murojaatlar kelib tushgan.Mazkur murojaatlarning 985 ta 36,9% (456 ta 14,5%) holatda aholi va tadbirkorlik subyektlariga tushuntirishlar berilgan, 594 ta 22,2% (1501 ta 47,6%) holatda huquqiy maʼlumot berish orqali hal qilingan, 1094 ta 40,9% (1 198 ta 38,0%) holatda ijobiy hal qilindi. Shu bilan birga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 08-yanvardagi “Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4102-sonli qarori hamda Fargʻona viloyati hokimining 2020-yil 19-dekabr kungi 409-f-sonli farmoyishi (ijrosini taʼminlash maqsadida Fargʻona shahar hokimining 2021-yil 25-dekabrdagi 239-f-sonli farmoyishi qabul qilingan), shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2021-yil 23-iyul kuni “Aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini mutlaqo yangicha tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi videoselektor yigʻilishida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Fargʻona shahar Xalq qabulxonasi bilan kelishgan holda Fargʻona shahar hokimi tomonidan tasdiqlangan jadvallar asosida jismoniy va yuridik shaxslar bilan shahar hududida jami 42 (oʻtgan yilning shu davrida 49) marotaba oʻtkazilgan ommaviy, sayyor va shaxsiy qabullar davomida jami 2 459 (2021-yilning shu daqrida 3 685 ta, farqi 1226 taga yoki 33,3%ga kamaygan) murojaat kelib tushdi.Shu oʻrinda qayd etib oʻtish lozimki, qabullar davomida jismoniy va yuridik shaxslarni qiynab kelayotgan 500 ga yaqin yoki qarib 25 foizga yaqin muammolar joyida (moddiy yordam ajratish, ijara toʻlovlarini toʻlab berish, davolanish uchun mablagʻ ajratish, tavsiya va huquqiy maʼlumot berish hamda h.k yoʻllari orqali) ijobiy hal qilingan.Mazkur murojaatlarni sohalar kesimida tahlil qilinganda:- bank krediti masalasida 83 ta 3,4% (124 ta 3,4%);- ish haqqi va ishga joylashtirish masalasida 118 ta 4,8% (154 ta 4,2%);- moddiy yordam masalasida 679 ta 27,6% (724 ta 19,6%);- uy-joy olish masalalarida 287 ta 11,7% (402 ta 10,9%);- uylarni taʼmirlash masalasida 156 ta 6,3% (194 ta 5,3%);- obodonlashtirish masalasida 38 ta 1,5% (56 ta 1,5%);- qurilish masalasida 29 ta 1,2% (96 ta 2,6%);- elektr va gazlashtirish masalalarida 31 ta 1,3% (47 ta 1,3%);- sogʻliqni saqlash masalasida 206 ta 8,4% (249 ta 6,8%);- MFYga oid masalasida 12 ta 0,5% (19 ta 0,5%);- tadbirkorlikni rivojlantirish masalasida 146 ta 5,9% (37 ta 1,0%);- boshqa turli masalalarda 674 ta 27,4% (1583 ta 43,0%)ni tashkil etdi.Ushbu murojaatlarning sektorlar kesimida tahlil qilinganda:- 1-sektordan 867 ta 35,3 % (1 185 ta 32,0 %);- 2-sektordan 629 ta 25,6 % (894 ta 24,3 %);- 3-sektordan 576 ta 23,4 % (765 ta 20,8 %);- 4-sektordan 361 ta 14,7% (786 ta 21,3%) ni tashkil etdi, shuningdek, boshqa shaxar va tumanlardan 26 ta 1,1% (64 ta 1,7%) turli murojaatlar kelib tushgan.Kelib tushgan jami murojaatlardan 1621 ta 65,9% (1724 ta 46,8%) holatda ijobiy xal etildi, 838 ta 34,1% (1961 ta 53,2%) holatda huquqiy tushuntirish berish orqali hal qilindi.Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon, qaror va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari ijrosini taʼminlashda hamda muddati oʻtib bajarilgan murojaatlar boʻyicha ijro intizomi qoidalari buzilishiga yoʻl qoʻyib, oʻz vazifasiga masʼuliyatsizlik bilan qaragan shahar hokimligi apparatidan 1 nafar xodimga nisbatan “Xayfsan” eʼlon qilindi.