Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida olib borilayotgan qurilish ishlari oʻrganildi
2022-07-23 02:11:45 426
Avval xabar berganimizdek, "Tashabbusli byudjet" loyihasi orqali Fargʻona shahrida keng qamrovli ishlar olib borilmoqda. Joriy yilning 1-choragi yakuni boʻyicha shahrimizdagi 3 ta maktabgacha taʼlim tashkilotlari oʻz tashabbuslarini ilgari surdilar hamda gʻolib boʻlishdi.
Fargʻona shahar hokimi oʻrinbosari Yusufjon Yusupov mazkur taʼlim muassasalarida boʻlib, olib borilayotgan qurilish va taʼmirlash ishlarini oʻrgandi. 3-DMTTda 4 ta yozgi ayvonlar qurildi, 32-DMTTning tashqi devorlari yangilanmoqda hamda 34-DMTTda ichki sanuzel tizimlarini yangilash ishlari yakuniga yetkazilmoqda.
Shahar hokimining oʻrinbosari qurilish va montaj ishlarini tez va sifatli amalga oshirish, belgilangan muddatda topshirish boʻyicha masʼullarga topshiriqlar berdi. Yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar yuzasidan esa qurilish tashkilotlari rahbarlariga har bir ishga masʼuliyatli yondoshish lozimligini taʼkidlab oʻtdi.