Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 10 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida olib borilayotgan qurilish ishlari oʻrganildi

×

 2022-07-23 02:11:45    337

PDF yuklash
Chop etish


Avval xabar berganimizdek, "Tashabbusli byudjet" loyihasi orqali Fargʻona shahrida keng qamrovli ishlar olib borilmoqda. Joriy yilning 1-choragi yakuni boʻyicha shahrimizdagi 3 ta maktabgacha taʼlim tashkilotlari oʻz tashabbuslarini ilgari surdilar hamda gʻolib boʻlishdi. 
Fargʻona shahar hokimi oʻrinbosari Yusufjon Yusupov mazkur taʼlim muassasalarida boʻlib, olib borilayotgan qurilish va taʼmirlash ishlarini oʻrgandi. 3-DMTTda 4 ta yozgi ayvonlar qurildi, 32-DMTTning tashqi devorlari yangilanmoqda hamda 34-DMTTda ichki sanuzel  tizimlarini yangilash ishlari yakuniga yetkazilmoqda.
Shahar hokimining oʻrinbosari qurilish va montaj ishlarini tez va sifatli amalga oshirish, belgilangan muddatda topshirish boʻyicha masʼullarga topshiriqlar berdi. Yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar yuzasidan esa qurilish tashkilotlari rahbarlariga har bir ishga masʼuliyatli yondoshish lozimligini taʼkidlab oʻtdi.