Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Hech bir murojaat eʼtibordan chetda qolmaydi
2022-07-21 14:40:11 360
19 iyul kuni Fargʻona shahar hokimi Vosiljon Nazarov tomonidan fuqarolarning dardu-tashvishlarini aniqlash hamda uning ijobiy yechimini topish, Davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoyev tomonlaridan aholini rozi qilish boʻyicha berilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida ommaviy sayyor qabul oʻtkazilgan edi.
Qabul davomida “Toʻqimachilar” MFY Chexova koʻchasi 13/17-uyda yashovchi fuqaro S.Poshshoxodjayeva, “A.Qodiriy” MFY A.Qodiriy koʻchasi 88/2-uyda yashovchi fuqaro R.Mamajonova, “Mustaqillik” MFY, Yangi hayot koʻchasi 118-uyda yashovchi fuqaro Z.Usmonova hamda “A.Jomiy” MFY Ozodlik koʻchasi 13-uyda yashovchi fuqaro M.Shodmonovalarning tikuv mashinasi bilan taʼminlash masalasidagi murojaatlari bir kun muddat ichida ijobiy hal qilindi. Ularga tikuv mashinalari yetkazib berildi.
Fuqarolar murojaatlarining ijobiy hal etilgani, endilikda tikuvchilik sohasi orqali doimiy daromadga ega boʻlishlarig amaliy yordam koʻrsatilganligi uchun Davlatimiz rahbariga oʻz minnatdorchiliklarini bildirdilar.