Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 8 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Hech bir murojaat eʼtibordan chetda qolmaydi

×

 2022-07-21 14:40:11    272

PDF yuklash
Chop etish


19 iyul kuni Fargʻona shahar hokimi Vosiljon Nazarov tomonidan fuqarolarning dardu-tashvishlarini aniqlash hamda uning ijobiy yechimini topish, Davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoyev tomonlaridan aholini rozi qilish boʻyicha berilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida ommaviy sayyor qabul oʻtkazilgan edi.
Qabul davomida “Toʻqimachilar” MFY Chexova koʻchasi 13/17-uyda yashovchi fuqaro S.Poshshoxodjayeva, “A.Qodiriy” MFY A.Qodiriy koʻchasi 88/2-uyda yashovchi fuqaro R.Mamajonova, “Mustaqillik” MFY, Yangi hayot koʻchasi 118-uyda yashovchi fuqaro Z.Usmonova hamda “A.Jomiy” MFY Ozodlik koʻchasi 13-uyda yashovchi fuqaro M.Shodmonovalarning tikuv mashinasi bilan taʼminlash  masalasidagi murojaatlari bir kun muddat ichida ijobiy hal qilindi. Ularga tikuv mashinalari yetkazib berildi.
Fuqarolar murojaatlarining ijobiy hal etilgani, endilikda tikuvchilik sohasi orqali doimiy daromadga ega boʻlishlarig amaliy yordam koʻrsatilganligi uchun Davlatimiz rahbariga oʻz minnatdorchiliklarini bildirdilar.