Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Fuqarolik ishlari boʻyicha Fargʻona tumanlararo sudi tomonidan “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga huquqiy yordamlar koʻrsatildi
2022-07-15 16:46:33 1069
“2022-2026 yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida”gi Farmonda “Ayollar daftari”ni yuritish orqali xotin-qizlar muammolarini hal etish tizimini yanada takomillashtirish belgilangan. Mazkur Farmon hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oila va xotin-qizlarni tizimli qoʻllab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida fuqarolik ishlari boʻyicha Fargʻona tumanlararo sudi raisi Ulugʻbek Oripov tomonidan Fargʻona shahar hokimligi bilan hamkorlikda 1-sektor hududidagi mahallalarning xotin-qizlar bilan ishlash mutaxassislari ishtirokida sayyor qabul oʻtkazildi.
Sayyor qabul davomida sud raisi "Ayollar daftari"ga kiritilgan xotin-qizlarga huquqiy yordam koʻrsatildi hamda ularni qiziqtirgan savollariga tegishli javoblar berildi.