Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 4 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Fuqarolik ishlari boʻyicha Fargʻona tumanlararo sudi tomonidan “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga huquqiy yordamlar koʻrsatildi

×

 2022-07-15 16:46:33    689

PDF yuklash
Chop etish


“2022-2026 yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida”gi Farmonda “Ayollar daftari”ni yuritish orqali xotin-qizlar muammolarini hal etish tizimini yanada takomillashtirish belgilangan. Mazkur Farmon hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oila va xotin-qizlarni tizimli qoʻllab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida fuqarolik ishlari boʻyicha Fargʻona tumanlararo  sudi raisi Ulugʻbek Oripov tomonidan Fargʻona shahar hokimligi bilan hamkorlikda 1-sektor hududidagi mahallalarning xotin-qizlar bilan ishlash mutaxassislari ishtirokida sayyor qabul oʻtkazildi.
Sayyor qabul davomida sud raisi "Ayollar daftari"ga kiritilgan xotin-qizlarga huquqiy yordam koʻrsatildi hamda ularni qiziqtirgan savollariga tegishli javoblar berildi.