Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 9 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

22 mart - Mahalla tizimi xodimlari kuni Fargʼona shahrida bayramona ruhda nishonlandi

×

 2023-03-23 14:28:53    673

PDF yuklash
Chop etish


Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan mahalla tizimini takomillashtirish maqsadida Navroʼz bayramiga hamohang tarzda 22 mart sanasini “Mahalla tizimi xodimlari kuni”deb eʼlon qilgan. 


Ushbu sana munosabati bilan bugun shahrimizdagi "Jasmin" tantanalar majmuasida bayram tadbiri boʼlib oʼtdi. Unda sektorlar, korxona va tashkilotlar rahbarlari, 400 nafarga yaqin mahalla tizimi xodimlari va faollari ishtirok etishdi.


Tadbirni Fargʼona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov ochib, yigʼilganlarni kasb bayrami va Navroʼz ayyomi bilan muborakbod etdi. Viloyat hokimi "mahallabay" tizimi boʼyicha olib borilayotgan ijobiy ishlarga toʼxtalib, albatta bunda mahalla xodimlarining oʼrni, vazifasi va tajribasi muhim ekanligini taʼkidlab oʼtdi. 


Tadbir davomida namunali faoliyat koʼrsatayotgan bir qator mahalla fuqarolar yigʼinlari xodimlari eʼtirof etildi. Tantanali tadbirda masʼullar va sektorlar rahbarlari hamda bir qator korxona va tashkilot rahbarlari tomonidan ham bayram tabriklari yoʼllandi.
Fargʼona shahar madaniyat boʼlimining xushovoz xonandalari tomonidan ijro etilgan bayramona kuy-qoʼshiqlar tadbirga oʼzgacha fayz-tarovat olib kirdi. Dilrabo raqslar davomiy boʼlib, yigʼilganlar madaniy hordiq chiqardilar.


Fargʼona shahar hokimligi Аxborot xizmati