Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 10 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Fargʼona shahrida bolajonlarning xatna toʼylari oʼtkazildi

×

 2023-03-16 11:38:06    697

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Fargʼona shahridagi "Koʼksaroy" tantanalar majmuasida "Bahor" mahalla fuqarolar yigʼinidagi boquvchisini yoʼqotgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam taʼminlangan oilalarning 11 nafar farzandlarining xatna toʼylari shahar hokimligi va saxovatpesha tadbirkorlar tomonidan oʼtkazib berildi.


Navroʼz umumxalq bayrami munosabati bilan tashkillangan tadbirda viloyat va shahar hokimliklari vakillari, sektorlar rahbarlari, mahalla fuqarolar yigʼinlari xodimlari hamda toʼy bolalarning oila aʼzolari ishtirok etishdi.


Yurtimizda har bir oila, har bir bola baxtli boʼlishi uchun xalqchil islohotlar amalga oshirilmoqda. Tantananing ochilish marosimida shahar hokimi Vosiljon Nazarov hamda mahalla va nuroniylarni qoʼllab-quvvatlash boshqarmasi boshligʼi Bahodirjon Xoliqovlar soʼzga chiqishib toʼy bolalarga Vatan koriga yaraydigan kamarbasta insonlar boʼlishlarini tiladilar.


Tadbir davomida bolajonlarga toʼyona sifatida sovgʼalar ulashildi. Tantanali shodiyona jajjigina oʼgʼlonlar xotirasida yaxshilik, mehr va saxovat, shu bilan birgalikda Vatanga boʼlgan muhabbat ramzi sifatida bir umrga muhrlanib, ularni hamisha xayrli ishlarga undab turishiga ishonamiz.


Toʼy marosimida viloyatimizdagi xushovoz xonandalar tomonidan kuy-qoʼshiqlar ijro etildi. Bolajonlar oila aʼzolari bilan birgalikda raqsga tushib madaniy hordiq chiqardilar. 


Fargʼona shahar hokimligi Аxborot xizmati