Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 20 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Bayram tadbirida jamoatchilik ishlarida faol boʼlgan fuqarolar taqdirlandi

×

 2023-03-14 19:25:48    658

PDF yuklash
Chop etish


1 sektor hududidagi "Tinchlik" mahalla fuqarolar yigʼinida ham Navroʼz umumxalq bayrami munosabati bilan madaniy tadbir oʼtkazildi. Mahalla guzarida oʼtgan xalqimizning urf-odatlariga aylangan Davrishona tadbiri nahorgi nonushta bilan boshlandi.


Mahalla ahli sogʼ va salomat bahor fasliga kelingani, joriy yilida ham tinchlik-omonlik boʼlishi hamda dexqonchiliklarimiz, topgan daromadlarimiz barakali boʼlishini niyat qilib nuroniylarimiz tomonidan duolar qilindi. Qoʼylar soʼyilib ehson qilindi.


Bayram tadbiriga xotin-qizlar ham taklif qilindi. Shoʼx kuy-qoʼshiqlar ijro etildi. Shu kuni mahalla ahli madaniy hordiq chiqardilar. 


Bayramona tarzda oʼtgan tadbirda jamoatchilik ishlarida faol boʼlgan fuqarolar mahalla xodimlari tomonidan esdalik sovgʼalari topshirildi.


Fargʼona shahar hokimligi Аxborot xizmati