Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 9 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlariga zamonaviy mehnat qurollari topshirildi

×

 2023-03-14 19:19:23    656

PDF yuklash
Chop etish


Fargʼona shahridagi barcha markaziy koʼchalar, jamoat joylari, hiyobonlar hamda aholi dam olish maskanlarining ozoda boʼlishi, koʼkalamzorlashtish ishlarining bajarilishida obodonlashtirish boshqarmasi xodimlarining oʼrni beqiyos. Erta tongdan ishga otlangan har bir xodim shahrimizning kundan kun chiroy ochib borishida sidqidildan mehnat qilishmoqda. 


Аlbatta, bu jarayonlarda ularning yukini yengil qiluvchi mehnat qurollarining mavjudligi muhim hisoblanadi. Bugun Fargʼona shahar hokimi Vosiljon Nazarov bir guruh boshqarma xodimlari bilan uchrashdi. Boshqarma xodimlarining mashaqqatli va samarali mehnatlari eʼtirof etildi. Ular bilan ayni kunlarda bajarilishi muhim boʼlgan vazifalar boʼyicha suhbatlashdi. 


Ishchi-xodimlarning fikrlari eshitildi, takliflari oʼrganildi. Tadbir davomida ishchilarga 50 ta zamonaviy oʼt oʼrish moslamalari topshirildi.


Fargʼona shahar hokimligi Аxborot xizmati