Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 25 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Mahalla faollari va "Oqila ayollar" harakati aʼzolari ishtirokida sumalak solinib, madaniy tadbir oʼtkazilmoqda

×

 2023-03-11 01:53:39    691

PDF yuklash
Chop etish


"Soy boʼyi" mahalla fuqarolar yigʼinida ham "Navroʼz" umumxalq bayrami munosabati bilan madaniy tadbir oʼtkazilmoqda. Unda mahalla faollari hamda "Oqila ayollar" harakati aʼzolari ishtirok etishmoqda. 


Madaniy tadbir davomida doshqazonga bahoriy taom sumalak solinib, pishirilmoqda. Bahor fasliga tinchlik-xotirjamlikda yetib kelingani, dehqonchiliklar moʼl hosil berishi, aholining ahil boʼlishi, yoshlarimizning barkamol inson boʼlib kamol topishlari hamda bemorlarga shifo tilab duolar qilinmoqda.


Mahalla ayollari bahoriy taomlar ham pishirmoqdalar. Ertaga sumalak pishgach, mahalla hududidagi bemor fuqarolar, ehtiyojmand xonadonlar holidan ham xabar olish rejalashtirilgan. 


Fargʼona shahar hokimligi Аxborot xizmati