Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 8 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Fargʼonada Viloyat hududiy agroxizmatlar markazi ish boshlaydi

×

 2022-09-27 16:18:21    209

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Fargʼona shahridagi al-Fargʼoniy koʼchasida sobiq akademik litsey bino va inshootlari rekonstruktsiya qilinishi hisobiga amalga oshirilayotgan, qiymati 39,2 milliard soʼm boʼlgan viloyat hududiy agroxizmatlar markazi loyihasi bilan tanishdi.


Jahon bankining kredit loyihasi bilan barpo etilayotgan, joriy yil oktyabrь oyida qurilish-taʼmirlash ishlari yakunlanishi koʼzda tutilgan mazkur agroxizmatlar markazi Qishloq xoʼjaligida bilim va innovatsiyalar tizimi (АKIS) negizida amalga oshirilmoqda.


Markazda xizmatlar “yagona darcha” tamoyili asosida olib borilib, fan-taʼlim va ishlab chiqarishni integratsiyalash (ekstenshn) orqali ijobiy natijalarga erishiladi. Onlayn va “call-center” orqali xizmat koʼrsatilib, xalqaro sifat standartlari joriy etiladi. Shuningdek, markazda V2V shaklidagi muzokaralar joyi, savdo va demo maydonlar hozirlanib, tadbirkor va ishbilarmonlarga qulaylik yaratiladi.