Шрифт ўлчами Ранг Расм

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Янгиликларга обуна бўлиш


Хозир сайтда 3 нафар фойдаланувчи Ишонч телефони статистикаси
МЕРОС
МАДАНИЙ МЕРОС
Фарғона вилоят ҳокимлиги

100 DAN ORTIQ FUQARONING MUROJAATI KOʻRIB CHIQILDI

×

 2021-08-06 16:03:49    679

PDF юклаш
Чоп этиш


Mamlakatimizda xalq bilan muloqot qilish, aholini o’ylantirayotgan muammolarga tezkor va joyida yechim topishning zamonaviy va samarali mexanizmi yo’lga qo’yilgani odamlarning adolatga, davlatga, ertangi kunga ishonchini mustahkamlamoqda.

Joriy yilning 5-avgust kuni Farg‘ona politexnika instituti binosida shahar hokimi boshchiligida navbatdagi ommaviy sayyor qabul o’tkazildi.

Ommaviy sayyor qabulda 100 nafardan ortiq fuqarolar murojaati birma-bir tinglandi.


Fuqarolar tomonidan asosan sog’liqni saqlash, ishga joylashish, uy-joy, moddiy yordam, yo’llarni ta’mirlash, toza ichimlik suvi bilan ta’minlash masalalariga oid murojaatlar bildirildi. Murojaatlarning 78 tasi joyida hal qilindi. 24 nafar fuqaroga yangi ish o‘rinlari taklif qilindi. 15 nafar murojaatchiga bir martalik moddiy yordam beriladigan bo'ldi.

4 nafar egizak farzandli boʻlgan fuqaro A.Z.ga chaqaloqlar uchun yaxshi sharoit yaratib berish maqsadida turli xil uy jihozlari olib beriladigan boʻldi. Undan tashqari, ushbu oilaning ijtimoiy himoyasi hokimiyat tomonidan nazoratga olindi.Yechimi ma’lum vaqt talab etiladigan murojaatlar bo’yicha bir haftalik muddat bilan tegishli mas’ullar biriktirilib, ijrosi shahar hokimligi tomonidan nazoratga olindi.


Бизни ижтимоий тармоқларда кузатинг
Facebook | Telegram