Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 4 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

4-sektor rahbarlari ezgu ishga qo‘l urdi

 2020-04-01 19:09:02    1141

PDF yuklash
Chop etish


Bugun kam taʼminlangan oilalarni yo‘qlab, holidan xabar olish, ularga yordam ko‘rsatishning ahamiyati har doimgidan ham muhimligini hammamiz ko‘rib, bilib turibmiz. Bunday xayrli va ezgu ishlar butun dunyoga tashvish keltirgan koronavirus pandemiyasiga qarshi birdamlikda kurashishning ajralmas qismidir.


Farg‘ona shahar 4-sektor rahbarlari ham ushbu savob ishdan chetda qolayotgani yo‘q. Аholi yashash punktlarida karantin qoidalariga qatʼiy rioya qilishlari lozimligi to‘g‘risida tushuntirish berish bilan birga, ushbu sinovli kunlarda og‘ir vaziyatga tushib qolmasliklarini taʼminlashga, davlatimiz har bir fuqarosini himoya qilishga va qo‘llab-quvvatlashga har doim tayyorligini yetkazmoqdalar.

Bugun erta tongdan sektor rahbarlari shahar dehqon bozorida 300 ga yaqin xonadonga kerakli bo‘lgan go‘sht, yoq, kartoshka, un, tuxum, piyoz, non kabi asosiy isteʼmol mahsulotlari jamlab, mahallalardagi kam taʼminlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga tarqatildi.

Shahar hokimi, 1-sektor rahbari H.Habibidinov ham fuqarolar xonadonida bo‘ldi.

– Bugunning o‘zida 1-sektor hududidagi 71 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar holidan xabar olindi, – deydi H.Habibidinov. – Ularga oziq-ovqat mahsulotlari berish bilan birga, shuningdek, karantin qoidalariga qatʼiy rioya qilish koronavirusni yengishda muhim ahamiyat kasb etishi borasida tushuntirishlar berildi.

Shahar prokurori А.Mamataliev boshchiligida 2-sektor aʼzolari hududdagi mahallalarda yashayotgan kam taʼminlangan 68 ta oilada bo‘lib, ularga oziq-ovqat mahsulotlari bilan birga, himoya niqobi va antiseptik vositalar tarqatildi.

Kun davomida 3-, 4-sektor rahbarlari ham ushbu savob ishlarni davom ettirdilar.