Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 6 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Harbiy qismda uchrashuv

×

 2018-01-20 17:39:28    2466

PDF yuklash
Chop etish


Farg’ona shahrida joylashgan harbiy qismda kelajak avlodlarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ular qalbida mardlik, matonat va  jasorat kabi fazilatlarni shakllantirish hamda harbiy xizmatga bo’lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida harbiy xizmatchilarning shahrimiz yoshlari bilan uchrashuvi tashkillandi.

Samimiy muloqot chog’ida qism ofitserlari o’quvchi yoshlarga Qurolli Kuchlarimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, harbiy xizmatchilarga yaratilgan shart-sharoit va imtiyozlar haqida gapirib berishdi. So’ngra ularni harbiy qismdagi maxsus mashg’ulot xonalari bilan yaqindan tanishtirdilar.

Taassurotlarga boy tarzda o’tgan uchrashuv yosh avlod vakillarining sharafli kasbga bo’lgan hurmatlarini yanada oshirdi, kelajakda ular ham harbiy xizmatchilar qatoriga qo’shilib, ona yurtimizni himoya qilishga ahd qilishdi.