Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 66 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

RАSMIY MUNOSАBАT

×

 2023-05-30 14:11:35    570

PDF yuklash
Chop etish


Ijtimoiy tarmoqlarda Fargʼona shahar Qirguli mavzeidagi Yangi asr koʼchasida joriy yil bahor fasli boshida ekilgan archa koʼchatlarining quriganligi boʼyicha murojaat tarqaldi. 


Mazkur murojaat Fargʼona shahar hokimligi mutaxassislari va masʼullar ishtirokida oʼrganildi. Hududdagi boshqaruv servis kompaniyalari, mahalla fuqarolar yigʼinlari xodimlariga tushuntirish ishlari olib borilib, koʼchatlarni havo harorati koʼtarilgan kunlarda saqlash boʼyicha tushunchalar berildi. 


Shuningdek, mazkur hududda sugʼorish tizimini yangilash, qurish boʼyicha choralar koʼrildi. Koʼchatlar tagi ochilib, suv quyiladi. Mutaxassislar tomonidan qurigan deb xulosa berilganlari olib tashlandi.


Fargʼona shahar hokimligi Аxborot xizmati