Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 35 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

"Korruptsiya - taraqqiyot zavoli" mavzusida davra suhbati oʼtkazildi

×

 2022-12-01 21:40:08    233

PDF yuklash
Chop etish


Nodavlat notijorat "Ziyonur" ayollar va oʼsmirlarni ijtimoiy-huquqiy, ekologik qoʼllab-quvvatlash markazi tomonidan Fargʼona shahar "Mashʼal" mahalla fuqarolar yigʼinida davra suhbati oʼtkazildi. Tadbirda mahalla xodimlari, boshqaruv servis kompaniyalari rahbarlari, faollar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi. 


"Korruptsiya - taraqqiyot zavoli" mavzusida tashkillangan davra suhbatida markazning boshqaruv kengashi raisi Oʼgʼiloy Davronova, huquqshunos Dilshodjon Madumarov, targʼibotchi Diloromxon Gʼofurova hamda "Mashʼal" MFY xotin-qizlar faoli Muqaddasxon Rojievalar tomonidan korruptsiyaga qarshi kurashish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash kabi masalalar boʼyicha maʼlumotlar berildi.

 
Tadbir davomida ishtirokchilar oʼzlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislardan javoblar olishdi. Fuqarolarga mavzu boʼyicha markaz tomonidan tayyorlangan bukletlar tarqatildi. 


Fargʼona shahar hokimligi Аxborot xizmati