Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 8 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Xayrullo Bozorov: Fargʼona shahri koʼchalari obod boʼlishi shart

×

 2022-09-27 16:23:21    244

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Fargʼona shahar sektorlar rahbarlari bilan birgalikda shahardagi Universitet, Sohibqiron Temur koʼchalari, Sanʼat saroyiga kirish hududi atrofidagi koʼchalarda boʼlib, obodonlashtirish ishlarining borishi bilan tanishdi.


Universitet koʼchasi boʼylab piyoda yurilar ekan, yoʼlning ikki tomonidagi trotuarlardagi plitkalarning joyidan ajralib ketganligi, yonlari qarovsiz, chiqindilar toʼplanib, maysalar qurib qolganligi, lotoklardan suv yurmay, berkilishga kelib qolganligi, bekatlarda esa yoʼlovchilar uchun deyarli joy qolmaganiga guvoh boʼlindi.


Sohibqiron Temur koʼchasida ham shu holat kuzatildi. Fargʼona davlat universitetining talabalar turar joyi boʼlgan binoning old qismlari shunchaki oʼz holiga tashlab qoʼyilgan. Maydon qaqrab, turli xil chiqindilar bilan toʼlgan.


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Fargʼona shahri koʼchalarini bu kabi qarovsiz holga kelib qolishiga befarq boʼlgan shahar hokimini va sektorlar rahbarlarini qattiq tanqid qildi.
Har bir qarich yerdan unumli foydalanish zarurligini taʼkidlagan viloyat hokimi, shahar masʼullariga koʼp qavatli uylar atrofidagi boʼsh turgan joylarni tartibga keltirish, qarovsiz joylarga, yoʼl yoqalariga manzarali daraxt koʼchatlari va gullarni oʼtqazishni tashkillash boʼyicha koʼrsatmalar berdi.