Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 43 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

FARG’ONA SHAHAR HOKIMI RAHBARLIGIDA  NAVBATDAGI IJROIYA APPARATI YIG’ILISHI O’TKAZILDI

×

 2021-04-13 11:07:02    705

PDF yuklash
Chop etish


Kun tartibidagi  birinchi masala – Farg’ona shahrida olib borilayotgan obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish ishlari bo’yicha Shahar hokimining o’rinbosari D.Omonov, moliya bo’limi rahbari Sh.Inoyatovlar hisobot berdi.

 Ikkinchi masala – Farg’ona shahridagi 4 ta sektorlar kesimida “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan ehtiyojmand oilalar bilan ishlash orqali ularning bandligini ta'minlash va ijtimoiy-iqtisodiy qo’llab-quvvatlash bo’yicha Shahar hokimining o’rinbosarlari B.Mo’minov (“Temir daftar”), F.Abdillazov (“Yoshlar daftari”), hokim maslahatchisi D.Xodjayeva (“Ayollar daftari”) amalga oshirilgan ishlar haqida fikr yuritishdi.

Shahar hokimining birinchi o’rinbosari B.Mo’minov  shaharda Makroiqtisodiy ko’rsatgichlarning 2021 yil I-choragi davomida, ya'ni sanoat mahsulotlari, iste'mol tovarlari, asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar, chakana savdo, xizmatlar va qishloq, o’rmon va baliq xo’jaliklarda ishlab chiqarish xajmlarini ijrosi hamda joriy yilning II-choragi davomida amalga oshirilishi belgilangan vazifalar to’g’risida ma'lumot berdi.

Shuningdek, Shahar aholisini tadbirkorlik ko’nikmalariga jalb etish va aholi bandligini ta'minlash maqsadida “Har bir oila – tadbirkor” dasturi doirasida 2021 yil 1-choragi davomida ajratilgan kredit mablag’lari to’g’risida  - ATB “Agrobank”, “Xalq banki”, “Mikrokreditbank” shahar filiali boshqaruvchilari ma'lumot berishdi.

So’nggi masala – Viloyat hokimi huzurida joriy yil 5 aprel kuni o’tkazilgan hokimlik soatida berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan tegishli mas'ullarning hisoboti (Ziyo do’konlari, boshqaruv kompaniyalari, MFY idoralari va boshqa masalalar) tinglandi.

Ijroiya apparati yig’ilishida hokim o’rinbosarlari, apparat xodimlari, sektor rahbarlari, mahalla raislari, faollar ishtirok etdi.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram