Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 27 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Farg'ona shahrida homiylik xayriya karvoni yo'lga chiqdi

 2020-04-12 19:02:32    1155

PDF yuklash
Chop etish


Farg‘ona shahar 4 ta sektori tomonidan “Mahalla” jamg‘arma fondi bilan hamkorlikda markazlashgan holda shahardagi nogironligi bo‘lgan, yakka yolg‘iz, boquvchisini yo‘qotgan va Ulug‘ Vatan urushi qatnashchilariga homiylik xayriyalari taqdim etildi.

8 xil turdagi mahsulotlar mahalla fukarolar yig‘inlari raislari boshchiligida karantin va sanitariya-gigiena qoidalariga to‘liq rioya qilgan holda uylariga yetkazib berildi.

Farg‘ona shahar 1-sektorda 20 ta, 2-sektorda 18 ta mahalla fuqarolar yig‘inlarida istiqomat qilib kelayotgan bolalikdan nogironligi bo‘lgan fuqarolar va yakka-yolg‘izlar kundalik hayot uchun zarur bo‘lgan mahsulotlar va tibbiy vositalar bilan taʼminlandi.

Bugunning o‘zida 4-sektor hududidagi jami 300 ta xonadonga kirib borildi.

Shuningdek, Farg‘ona shahridagi barcha mahalla fuqarolar yig‘inlarida ko‘chma do‘konlar muntazam faoliyat yuritib, barcha turdagi mahsulot va tovarlarni aholi yashash joylariga beminnat yetkazilmoqda.

Uyda qoling va o‘zingizni asrang!