Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 53 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

"Besh bola"dagi Quva koʼchasi ilk bor ichimlik suvi bilan taʼminlandi

×

 2023-03-16 11:30:23    756

PDF yuklash
Chop etish


Mamlakatimizda aholini toza ichimlik suvi bilan taʼminlash masalalariga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Fargʼona shahridagi "Besh bola" MFY Quva koʼchasida 200 ga yaqin xonadonlar bor. Bu yerda aholi vakillari oʼtgan asrning boshlaridan buyon istiqomat qilishadi. 
Аholi vakillari shu kunga qadar toza ichimlik suvi taʼminotidagi muammoni quduq qazish orqali bartaraf etishgan. Quduqdagi suv esa iqlim oʼzgarishi hisobiga foydalanishga yaroqsiz boʼlgan. 


Fuqarolarning murojaati Fargʼona shahar hokimi Vosiljon Nazarov hamda xalq deputatlari shahar Kengashi deputatlari tomonidan oʼrganildi. Hududga tiq quduq qazilib, 300 metrdan toza ichimlik suvi olinmoqda. Taʼminotni xonadonlarga yetkazish maqsadida 2000 metr tarmoq ham tortildi. Аholining asriy orzularini amalga oshirish uchun mahalliy byudjetdan 350 mln. soʼm mablagʼ ajratildi.


Respublika ishchi guruhi vakillari va sektor rahbarlari mazkur jarayonlar bilan ham tanishdilar.


Fargʼona shahar hokimligi Аxborot xizmati