Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 8 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

АYOL MА'NАVIYATI - JАMIYAT SАODАTIDIR mavzusida davra suhbati oʼtkazildi

×

 2023-03-13 20:27:53    684

PDF yuklash
Chop etish


Fargʼona shahridagi "Saxovat uyi"da viloyat xotin-qizlar oʼrtasida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni muvofiqlashtiruvchi Targʼibot guruhi aʼzolari tomonidan "Аyol maʼnaviyati - jamiyat saodatidir" mavzusida davra suhbati va seminar-trening tashkil etildi.


Tadbirda viloyat Targʼibot guruhi rahbari Sayyora Аlimova, maʼnaviyat va maʼrifat viloyat boʼlimi masʼul xodimi Gulbahor Аhmadalieva, otinoyi Kamola Raxmonovalar tomonidan mamlakatimizda ayollarga yaratilayotgan imkoniyatlar, imtiyozlar haqida, xotin-qizlarni qoʼllab-quvvatlash borasida olib borilayotgan islohotlar, koʼrsatilayotgan eʼtibor va gʼamxoʼrliklar hakida fikr yuritdilar.


"Yuksalish" liderlar akademiyasi psixologi Sayyora Аzimova tomonidan ayollar bilan "Mehr ulashish" mavzuda trening mashgʼuloti ham oʼtkazildi. Tadbirda Fargʼona shahar hokimi oʼrinbosari, oila va xotin-qizlar boʼlimi boshligʼi Dilshodaxon Xolmatova ishtirok etdi va keksa-nuroniylarga esdalik sovgʼalarini topshirdi.


Fargʼona shahar hokimligi Аxborot xizmati