Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 9 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Bayram arafasida 150 oʼrinli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti foydalanishga topshirildi

×

 2022-12-07 12:12:36    231

PDF yuklash
Chop etish


Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 30 yilligi bayrami arafsida Fargʼona shahridagi 12-davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti ham foydalanishga topshirildi. Davlat dasturi asosida 5.5 mlrd. soʼm mablagʼ ajratilib yangidan qurilgan binoning ochilish marosimida Fargʼona shahar hokimining birinchi oʼrinbosari Boburjon Moʼminov, sektorlar rahbarlari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.


Mazkur maktabgacha taʼlim tashkiloti avval 100 oʼrinli boʼlib, tarbiyalanuvchilar uchun yetarlicha shart-sharoitlar va qulayliklar boʼlmagan. "Fargʼona kristal qurilish" MChJ tomonidan yangidan bunyod etilgan bogʼcha 150 oʼringa moʼljallangan.


Tadbirda soʼzga chiqqanlar yigʼilganlarni Bosh Qomusimizning 30 yilligi bayrami hamda yangi bunyod etilgan taʼlim tashkilotining topshirilayotganligi bilan muborakbod etdilar. Shundan soʼng tadbir ishtirokchilari yangi binoda pedagog va tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar. 


Fargʼona shahar hokimligi Аxborot xizmati