Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 9 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Yormozorda ham 3 ming metrdan ortiq ichki koʼchalar asfalьt qilindi

×

 2022-12-01 21:45:37    227

PDF yuklash
Chop etish


"Tashabbusli byudjet" loyihasining 2-bosqichida yormozorliklar ham faol qatnashdilar. Mahalla ahli tomonidan kiritilgan ichki koʼchalarni asfalьtlashtirish taklifi qoʼllab-quvvatlanib, gʼolib boʼldi.


Mahalladagi 5 ta koʼchalarni taʼmirlash va Gulshan bilan Ipak yoʼli koʼchalarining 3 km. uzunligidagi masofasi asfalьtlashtirildi. 
Bugun Fargʼona shahar hokimi Vosiljon Nazarov hududga tagrif buyurib, amalga oshirilgan ishlar bilan yaqindan tanishdi. Аholi vakillari bilan suxbatlashdi, fuqarolar soʼnggi yillarda mahallalar infratuzilmasini yaxshilash boʼyicha salmoqli ishlar bajarilayotganlidan mamnun ekanliklarini taʼkidlab oʼtishdi.


Shahar hokimi qurilish tashkiloti masʼullariga asfalьt chetlarini shagʼal va mayda tosh bilan toʼldirish, qayrilishlarni kengaytirish boʼyicha topshiriqlar berdi. Hozirda berilgan topshiriqlar asosida belgilangan ishlar quruvchilar tomonidan bajarilmoqda.


Fargʼona shahar hokimligi Аxborot xizmati