Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 67 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

«Muqaddasdir Vatan bayrogʼi!» shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʼtkazildi

×

 2022-11-17 10:07:13    250

PDF yuklash
Chop etish


Fargʼona shahridagi «Temurbeklar maktabi» harbiy akademik litseyida Oʼzbekiston Respublikasi bayrogʼi qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan «Muqaddasdir Vatan bayrogʼi!» shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʼtkazildi. Tantanali tadbirda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi viloyat boʼlimi va shahar boʼlinmasi vakillari, taʼlim muassasasining oʼqituvchi va oʼquvchilari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Tadbirni Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Fargʼona viloyati boʼlim boshligʼi Maqsudjon Sulaymonov ochib, bayrogʼimizning 31 yilligi bilan yigʼilganlarni tabrikladi hamda oʼquvchilarga bayroq toʼgʼrisida tushunchalar va maʼlumotlar berdi.


Tadbir davomida 1-bosqich oʼquvchilaridan tashkil topgan "Tashabbuskor" va 2-bosqich oʼquvchilaridan tashkil topgan "Temurbeklar" jamoalari oʼrtasida intellektual bellashuv oʼtkazildi. Jamoalar 1-shartda bayroq haqida maʼlumotlar va sheʼrlar aytildi. 2-shartda "Zakovat" intellektual oʼyini tashkillandi. 3-shartda guruhlar Oʼzbekiston Respublikasi bayrogʼi rasmini chizib, taʼriflab berishdi.

Fargʼona shahar madaniyat boʼlimining Аbdulla Qodiriy markazi sanʼatkorlari va iqtidorli oʼquvchilari tomonidan ijro etilgan kuy-qoʼshiqlar barchaga manzur boʼldi. Tadbir soʼngida bellashuvda gʼolib boʼlgan jamoa va faol ishtirokchilarga diplom va esdalik sovgʼalari topshirildi. 

Fargʼona shahar hokimligi Аxborot xizmati