Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Dekabr 2020 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 2 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Til dilning kaliti

 2020-08-10 17:39:16    164

PDF yuklash
Chop etish


Har bir millatning ulkan boyligi, bebaho mulki, qalbi va ovozi til hisoblanadi. Insonning tili orqali jarang sochgan har so‘zi avvalo dil, ya'ni qalbda paydo bo‘ladi. Ba'zan odamlardan eshitib qolaman “Dilimdagini tilimga chiqarolmayman, tilimdagini dilim tan olmaydi” deya nolishadi.

Bejiz xalqimizda “Til dilning kaliti” degan naql yurmaydi. Kimningdir qalbiga yo‘l topish uchun, avvalo, tilini bilishi (qaysi millat bo‘lishidan qat'iy nazar) shu tilning nozik ma'no qirralaridan foydalangan holda unga murojaat eta olishi kerak. Shunda siz o‘sha insonning diliga til orqali yo‘l topgan bo‘lasiz. Dilning xohishini til tan olmasligi esa, qalbdagi tug‘yonni ta'rif etishga tilning ojizlik qilayotganligidan dalolat beradi. Albatta, bu majoziy ma'nodagi ibora hisoblanadi.

Qancha farqlashga urinmaylik, til va dil bir-biri bilan chambarchas bog‘liq, tilsiz dil - qulfi yo‘q kalit misol yakdillik kasb eta olmaydi. Barcha xalqlarning ma'naviy boyligi, aql-idroki, tafakkuri, madaniyati uning tilida, urf-odatlarida, dili va ruhiyatida o‘z ifodasini topadi.

F.Mamajonov

Farg‘ona shahar hokimining maslahatchisi