Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Dekabr 2017 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 24 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Yoshlarga yangi uy kaliti topshirildi

 2017-09-28 11:19:51    155

PDF yuklash
Chop etish


Farg’ona shahrida yosh oilalarga mo’ljallangan to’rt qavatli uy foydalanishga topshirildi. 48 xonadondan iborat zamonaviy uyda fantalim,madaniyat va sport sohalarida yuksak natijalarga erishgan yoshlar istiqomat qiladi.

Shu munosabat bilan o’tkazilgan tadbirda mamlakatimizda yoshlarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, ularning intilish va tashabbuslarini rag’batlantirish, yosh oilalarga munosib turmush sharoiti yaratishga alohida etibor qaratilayotgani takidlandi. 

Tabiiy iqlim sharoiti hisobga olingan holda, zamonaviy shaharsozlik talablari asosida qisqa muddatda bunyod etilgan uy qurilishida yurtimizda ishlab chiqarilgan qurilish materiallaridan foydalanildi. 

– Prezidentimiz rahnamoligida yosh oilalarni qo’llab-quvvatlashga qaratilayotgan alohida e’tibordan nafaqat yoshlar, balki ularning ota-onalari, butun xalqimiz xursand bo’lmoqda, – deydi O’zbekiston yoshlar ittifoqi Farg’ona shahar kengashi raisi Farhod Abdillazov. – Bu uylarda yosh oilalarning zamonaviy hayot kechirishi uchun barcha sharoit yaratilgan. 

Uylarning imtiyozli kredit asosida berilayotgani yosh oilalarga Vatanimiz mustaqilligining 26 yilligi oldidan munosib sovg’a bo’ldi. Yangi uyga ko’chib o’tgan yosh oilalar davlatimiz tomonidan ko’rsatilayotgan bunday g’amxo’rlikdan mamnun. 

– Bu quvonchli voqea butun umr xotiramda qoladi, – deydi boks bo’yicha ko’p karra O’zbekiston chempioni, Osiyo va jahon chempionatlari sovrindori Azamat Abduhakimov. – Ikki xonali uyda oilamiz bilan baxtiyor hayot kechirishimiz uchun barcha sharoit muhayyo. Biz, yoshlar ko’rsatilayotgan bunday yuksak ehtibor va g’amxo’rlikka xalqaro maydonlarda erishadigan yutuqlarimiz bilan javob beramiz. Eng ulug’, eng aziz ayyom – Mustaqilligimizning 26 yilligi bayramini yangi uyda nishonlaymiz. 

Yoshlarga yangi uy kalitlarini shahar hokimi Sh.Erkaboev topshirdi.

1 

2

 

3