Shrift o'lchami Rang Rasm

<< SENTYABR 2018 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 79 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

OAV vakillari nigohi partiyada

 2018-08-29 14:51:47    70

PDF yuklash
Chop etish


Barchamizga ma’lumki, Prezidentimizning siyosiy partiyalar ish tizimiga qaratayotgan e’tibori faoliyatni yanada jonlantirishga, ularning o’z ustida tinimsiz ishlashlariga davat etmoqda. Ayniqsa, 2017 yil 12 iyul kuni davlatimiz rahbari tomonidan siyosiy partiyalar vakillari ishtirokida o’tkazilgan videoselektor yig’ilishi ushbu tizim faoliyatini tubdan oshirish zarurligini ko’rsatib berdi.

O’zbekiston "Adolat" SDP Farg’ona viloyat kengashi tomonidan tashkil etilgan matbuot anjumani o’tgan hisobot yili davrida hududiy partiya kengashi faoliyatiga bag’ishlandi.

Matbuot anjumanida partiya kengashi rahbari Marifjon Xoldorov hamda partiyaning mahalliy kengashlardagi deputatlik guruhlari raislari o’tgan davr davomida viloyat va barcha shahar-tumanlarda saylovchilar bilan olib borilgan amaliy ishlar yuzasidan hisobot berdilar.

Axborotlarda keltirilishicha, hisobot davrida viloyat bo’yicha 469 ta mahalla fuqarolar yig’inlarida 8443 ta xonadon va 29 ta xo’jalik yurituvchi sub’ektlar o’rganilgan bo’lib, 9342 nafar fuqaroga huquqiy maslahatlar berilgan. 1637 ta murojaatlar bo’yicha 692 ta deputatlik so’rovlari chiqarilgan, 510 ta murojaat joyida ijobiy hal etilgan.

Shuningdek, anjumanda faoliyat samaradorligini yanada oshirish bo’yicha tuman-shahar partiya kengashlari xodimlarining takliflari va fikr-mulohazalari ham tinglandi. Muzokaralarda deputatlarning tanqidiy mushohadalari asosida aholini qiynab kelayotgan ayrim masalalarga echim izlandi.

Tadbirda ommaviy axborot vositalari vakillari o’zlarini qiziqtirgan savollar bilan partiya vakillariga murojaat etdilar.

– Jurnalistning o’tkir nigohi jamiyatning barcha sohalaridagi masalalarni yorqin ko’ra oladi. Bugungi kunda siyosiy partiyalar faoliyatini ularni xolislik bilan kuzatib borayotgan ommaviy axborot vositalari hamkorligisiz tasavvur etib bo’lmaydi. Shu sababli, soha vakillarining har bir fikri partiyalar hayotida muhim va taraqqiyoti uchun zarurdir. Bu borada siyosiy partiyalar va ommaviy axborot vositalari o’rtasida mustahkam informatsion aloqani, uzviy hamkorlikni ta’minlash muhim,-deydi "Ma’naviyat" gazetasi xodimi M.Boyboboeva.