Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyun 2018 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 78 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

«Kumush tola» ijodkorlari

 2018-06-04 17:30:21    27

PDF yuklash
Chop etish


Farg’ona shahar pillakorlari bu yil 10 tonna pilla etishtirishga ahd qilishgan. Shu maqsadda mavjud inkubatoriylarda jonlantirilgan ipak qurti tegishli shartnomaga asosan 130 dan ortiq fermer xo’jaliklariga  tar-qatilib berilgan bo’lib, bugungi kunda ko’zlarni quvontiradigan «kumush tola» shahardagi «Farg’ona pilla nasl-chilik» mas’uliyati cheklangan jamiyati omboriga topshirilmoqda.

Qimmatbaho sanoat xom ashyosini etishtirish qisqa davrni tashkil etsa-da, ipak qurti boqishning o’ziga yarasha mashaqqatlari bor. Biroq tajribali, azaldan mirishkor pillakorlarimiz zimmalaridagi mas’uliyatni chuqur his qilgan holda kechayu-kunduzi mehnat qilishdi. Ipak qurtiga barglarni maydalab berishdan dasta bosgunga qadar barcha agrotexnik tadbirlarga qat’iy amal qilindi.  

– Har yili ipak qurti boqib, rejani ortig’i bilan bajarib kelamiz. Bu yil ham oila a’zolarimiz bilan bir quti ipak qurti boqdik. Hosil cho’g’i chakki bo’lmadi, rejani uddalab yuzimiz yorug’ bo’ldi,-deydi oqariqlik namunali pillakor Dilafruz Mamajonova.

Biz qaysi pillakor bilan suhbatlashmaylik, ular ipak qurti boqqanlari evaziga mehnat stajlari yuritilishidan mamnun ekanliklarini bildirishdi.

Shaharda kundan-kunga belgilangan rejani bajargan fermer xo’jaliklari soni ortib bormoqda. Xirmonga baraka kirayotgan kunlarda ular sha’niga har qancha  maqtovlar aytsak arziydi. Pillakorlarning so’z va ish birligini ta’minlagani mamlakatimizda ipakchilik sohasida olib borilayotgan islohotlarga munosib javobidir.

SURATLARDA: «Karimjon Yusupov tarovati» fermer xo’jaligi pillakorlari E’tiborxon Adhamova va Muhabbatxon Yunusova.