Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Oktyabr 2017 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 13 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Vazifalar taqsimoti to’g’risida

 2017-09-28 18:05:36    38

PDF yuklash
Chop etish


2016 yil. 24 iyun № 789                                                       Farg`ona shahri

Shahar hokimi, uning o’rinbosarlari, guruh,bo’lim rahbarlari

va hodimlari o’rtasidagivazifalar taqsimoti to’g’risida 


O’zbekiston Respublikasi “Mahalliy Davlat hokimiyati to’g’risida”gi Qonunining 21, 25 - moddalari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 24 fevraldagi “Hududiy davlat boshqaruvi organlari tuzilmasini takomillashtirish to’g’risida”gi PQ-2497-sonli, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 27 aprel kungi “Viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari boshqaruv apparatlari to’g’risidagi namunaviy nizomlarini tasdiqlash haqida”gi 123-sonli va viloyat hokimining  2016 yil 3 maydagi 152-sonli qarorlari hamda shahar hududida ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni boshqarishni takomillashtirish, shahar hokimligining boshqaruv apparati, ijro etuvchi organlari faoliyatining samaradorligini oshirish, yanada takomillashtirish, hududni kompleks rivojlantirish vazifalarini amalga oshirishda uning mas’uliyatini va muvofiqlashtiruvchilik rolini kuchaytirish hamda ijro intizomini mustahkamlash maqsadida,


Q A R O R   Q I L A M A N :


1. Shahar hokimi, uning o’rinbosarlari, guruh rahbari va shahar hokimi bilan bevosita ishlovchi mutaxassislar o’rtasidagi vazifalar taqsimoti 1-ilovaga, shahar hokimligi bo’lim rahbarlari va mutaxassislar o’rtasidagi vazifalar taqsimoti 2-ilovaga hamda shahar hokimligi huzuridagi doimiy faoliyat ko’rsatuvchi komissiyalar ro’yxati 3-ilovaga asosan tasdiqlansin.

2. Shahar hokimining o’rinbosarlari uzoq muddatli xizmat safariga ketganda yoki mehnat ta’tili paytida bir-birlarining vazifalarini o’rindoshlik yo’li bilan bajarib turish tartibi 4-ilovaga asosan tasdiqlansin.

3. Shahar hokimligi bosh hisobchisi (S.Isamitdinova)ga:

- shtatlar jadvaliga kiritilgan o’zgartirishlar bo’yicha qonunda belgilangan tartibda hujjatlarni rasmiylashtirish vazifasi yuklatilsin.

4. Ushbu qaror qabul qilinishi bilan shahar hokimining 2013 yil 
13 sentyabr kungi 1314-sonli qarorining 1, 3 bandlari va 2015 yil 20 aprel kungi 355/1-sonli qarorining 1-bandi o’z kuchini yo’qotgan deb  hisoblansin.

5. Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish shahar hokimi o’rinbosarlari va shahar hokimligi tashkiliy-nazorat guruhi rahbari A.Xaydarov zimmasiga yuklatilsin.


Shahar hokimi:                                                                    D.Raxmatov






Shahar hokimining 
2016 yil “___” ________”dagi
 

___-sonli qaroriga 
1-ilova


Shahar hokimi, uning o’rinbosarlari, guruh rahbari va shahar hokimi bilan bevosita ishlovchi mutaxassislar o’rtasidagi

VAZIFALAR TAQSIMOTI


Shahar hududida ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni boshqarishni takomillashtirish, shahar hokimligining boshqaruv apparati, ijro etuvchi organlari faoliyatining samaradorligini oshirish, yanada takomillashtirish, hududni kompleks rivojlantirish vazifalarini amalga oshirishda uning mas’uliyatini va muvofiqlashtiruvchilik rolini kuchaytirish hamda ijro intizomini mustahkamlash maqsadida shahar hokimi, uning o’rinbosarlari, guruh va bo’lim rahbarlari o’rtasidagi vazifalar taqsimoti quyidagicha taqsimlanadi:


ShAHAR HOKIMI:

 

Shaharda vakillik va ijroiya hokimiyatining boshqaruvchisi bo’lib, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining shahardagi rasmiy vakili hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutstiyasida va “Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida”gi Qonunda ko’rsatilgan vakolatlarning yakkaboshchilik asosida amalga oshiradi.

Hududiy boshqaruv organlari, hokimlik boshqaruv apparatining faoliyatiga rahbarlik qiladi hamda ular tomonidan Qonun va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning bajarilishi yuzasidan nazoratni ta’minlaydi.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari tuzilmalarini shakllantirish va faoliyat yuritishni ta’minlash bo’yicha ishlarni amalga oshiradi. Vakillik va ijroiya hokimiyati organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi, o’zini o’zi boshqarishni rivojlantirishga ko’maklashadilar, o’zini o’zi boshqarish organlarining faoliyatini yo’naltirib turadi, ularning jamoat tashkilotlari va fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari bilan hamkorligini ta’minlaydi.

Davlat, xo’jalik, ijtimoiy-iqtisodiy qurilish hamda kadrlarni tanlash, tarbiyalash va joy-joyiga qo’yish masalalari bilan shaxsan shug’ullanadi.

O’zbekiston Respublikasining Qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qonunchilik palatasining qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hamda viloyat hokimining qarorlari, farmoyishlari, xalq deputatlari viloyat hamda shahar Kengashi qarorlarining bajarilishi ustidan nazoratni tashkil etadi.

O’ziga berilgan vakolatlar doirasida amaldagi Qonunlarga asoslangan holda, shahardagi barcha korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalar shuningdek mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo’lgan qarorlar va farmoyishlar qabul qiladi.

Shahar hokimining o’rinbosarlari o’rtasida vazifalarni taqsimlaydi.

Xalq deputatlari shahar Kengashining sessiyasini chaqiradi, sessiyalarga raislik qiladi, kun tartibiga kiritiladigan masalalarni taklif qiladi.

Kengash hujjatlariga imzo qo’yadi va tasdiqlaydi. Respublika davlat hokimiyati organlari bilan munosabatlarda shahar hokimligi manfaatlarini ifodalaydi, shuningdek Respublika davlat va xo’jalik boshqaruv organlari bilan o’zaro hamkorlikni ta’minlaydi.

Shahardagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishga rahbarlik qiladi. Shaharning istiqboldagi rivojlanishi yuzasidan qabul qilingan dasturlarni bajarilishini ta’minlaydi.

Shaharni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning asosiy yo’nalishlarini, shahar byudjetining tegishli loyihasini, shuningdek uning ijrosi to’g’risidagi hisobotni xalq deputatlari shahar Kengashiga taqdim etadi;

Xalq deputatlari shahar Kengashiga shahar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining eng muhim va dolzarb masalalari yuzasidan hisobotlar taqdim etadi.

O’z o’rinbosarlari va ijroiya hokimiyati struktura bo’linmalarining rahbarlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish to’g’risidagi qarorlarni xalq deputatlari shahar Kengashi tasdig’iga taqdim etadi;

Davlat mukofotlari bilan taqdirlashga doir iltimosnomalarni qarab chiqadi va takliflar kiritadi.

Rahbarlari tegishli xalq deputatlari Kengashlari tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan ijroiya hokimiyati struktura bo’linmalarining ishini nazorat qiladi.

Xalq deputatlari shahar Kengashi va hokim qabul qilgan va chiqargan hujjatlarni bajarmaganliklari uchun mansabdor shaxslarni intizomiy javobgarlikka tortishto’g’risida qonunda belgilangan tartibda taqdimnoma kiritadi.

Respublika va xorijda shaharning rasmiy vakili sifatida ish ko’radi.

Shahar hokimligining tashkiliy-nazorat guruhi, hududlarni kompleks rivojlantirish bo’limi, hokim yordamchisi, huquqshunosi, devonxona mudiri, bosh hisobchisi, huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish, harbiy safarbarlik va favqulodda vaziyatlar, voyaga etmaganlar ishlari hamda xo’jalik ishlari bo’yicha mutaxassislari faoliyatlariga bevosita rahbarlik qiladi.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlarning jamoat tartibini saqlash, jamoat tartibiga rioya etilishi va jinoyatchilikka qarshi kurash, fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash, ularning huquqlarini himoya qilish va salomatligini muhofaza etish bilan bog’liq chora-tadbirlar ko’radi, tabiiy ofatlar, epidemiyalar va boshqa favqulodda hollarda tegishli ishlarni tashkil etadi;

Iqtisodiyotni safarbarlikka tayyorlash borasidagi, sanoat korxonalari faoliyatini muvofiqlashtiradi, shahar fuqaro muhofazasi boshlig’i hisoblanadi.

Toponomik ob’ektlarga nom berish komissiyasi faoliyatini boshqaradi.

Harbiy safarbarlik va favqulodda vaziyatlar masalalari bo’yicha yig’ilishlarni o’tkazadi.

Boshqaruv apparatida amal qiluvchi Yo’riqnomaga muvofiq ish yuritilishini ta’minlaydi.

Hokim rejalashtirish, byudjet, moliya, hisob-kitob, shahar mulkini boshqarish, mulkchilikning turli shakliga mansub korxonalar, muassasalar va tashkilotlar bilan hamjihatlik qilish, qishloq xo’jaligi, er va boshqa tabiiy resurslardan foydalanish, tabiatni muhofaza qilish, qurilish, transport, yo’l xo’jaligi va aloqa, aholiga kommunal, savdo va ijtimoiy-madaniy xizmat ko’rsatish, aholini ijtimoiy muhofaza qilish, qonuniylik, huquq-tartibot va xavfsizlikni ta’minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish sohasida qonun hujjatlarida o’z vakolatiga berilgan boshqa masalalarni ham hal etadi.

Quyidagi ma’muriy tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiradi va hamkorlikda ish olib boradi.

-  O’zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati Farg’ona viloyati boshqarmasi;

-  viloyat Adliya boshqarmasi;

-  viloyat xo’jalik sudi;

-  viloyat transport prokuraturasi;

-  shahar prokuraturasi;

-  shahar ichki ishlar boshqarmasi;

-  shahar mudofaa ishlar bo’limi;

-  viloyat prokuraturasi huzuridagi soliq va valyutaga oid jinoyatlar, jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish boshqarmasi shahar bo’limi;

-  Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi shahar bo’limi;

-  Fuqarolik ishlari bo’yicha Farg’ona tumanlararo sudi;

-  Jinoiy ishlar bo’yicha Farg’ona shahar sudi;

-  O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy texnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash departamenti shahar bo’limi;

-  voyaga etmaganlar bo’yicha shahar komissiyasi.

-  shahar hududidagi harbiy qismlar;

-  neftni qayta ishlash sanoati korxonalari

-  yoqilg’i energetika sanoati korxonalari;

-  mashinasozlik sanoati korxonalari.



ShAHAR HOKIMINING SANOATNI RIVOJLANTIRISh, KAPITAL QURILISh, KOMMUNIKAЦIYaLAR, KOMMUNAL XO’JALIK MASALALARI BO’YIChA BIRINChI O’RINBOSARI:


Shahar hokimining qarori bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.

Tasarrufidagi shahar hokimligi bo’lim, korxona va tashkilotlarning rahbar lavozimlariga kadrlarni tanlash va tavsiya etish, kadrlarni joy-joyiga qo’yish, tarbiyalash ularning malakasini oshirish, kadrlar zahirasini shakllantirish, yuqori lavozimlarga tavsiya etish bilan shug’ullanadi,  bevosita shahar hokimi bilan kelishilgan holda bu sohada mustaqil ish olib boradi.O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 yanvardagi 12 sonli “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori asosida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, farmoyishlari va qarorlari, Vazirlar Mahkamasi va viloyat hokimining qarorlari va farmoyishlari, shahar hokimining qaror va farmoyishlarini shahar hokimligi apparatida, shahar boshqarma va bo’limlarida, tashkilot va korxonalarida bajarilishini ta’minlaydi va ijro intizomini mustahkamlash bo’yicha olib boriladigan ishlarga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi.

Shahar hokimining qaror va farmoyishlarining bajarilishini ta’minlaydi, ularning ijro nazoratini tashkil etish bilan shahsan shug’ullanadi.

Sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikastiyalar, kommunal xo’jalik masalalari bo’yicha majmua mutaxassislari faoliyatiga bevosita rahbarlik qiladi.

Shaharda sanoat mahsulotlarni ishlab chiqarish, hajmini oshirish va xalq iste’mol mollarini turini ko’paytirish bo’yicha tegishli tahlil ishlari olib boradi va bu borada muntazam ravishda shahar hokimiga axborot berib boradi.

Sanoat korxonalari rahbarlari bilan birgalikda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish jarayonini texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash ishlarini tahlil qilib boradi va olib borilayotgan ishlar yuzasidan shahar hokimiga axborot berib boradi.

Sanoatning ishlamayotgan korxonalari faoliyatini tiklash chora-tadbirlari amalga oshirilishini muvofiqlashtiradi.

Mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallarni mahalliylashtirish dasturlari amalga oshirilishini ta’minlaydi.

Ishlab chiqarishlarni modernizastiyalash, texnik yangilash va texnologik jihatdan qayta jihozlash dasturlari, mahalliylashtirish dasturi, muhandislik-kommunikastiya va yo’l-transport infratuzilmasini rivojlantirish va modernizastiyalash dasturlari, shuningdek boshqa hududiy dasturlar amalga oshirilishining monitoringini olib boradi.

Shahar iqtisodiyotining raqobatbardoshligini tubdan oshirish, eksport qiluvchi korxonalarni qo’llab-quvvatlashni kuchaytirish, fermer xo’jaliklarining eksportdagi ishtirokini har tomonlama rag’batlantirish bo’yicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va ularni amalga oshirishni tashkil etadi.

Xalq deputatlari viloyat Kengashi, viloyat hokimi va uning o’rinbosarlarining topshiriqlari va qarorlari bo’yicha tegishli tahliliy, ma’lumotnoma, statistik materiallar va takliflarni umumlashtiradi va tayyorlaydi, shuningdek shahar hokimi tomonidan ko’rib chiqilishi talab etiladigan masalalarni har tomonlama ishlab chiqadi.

O’zbekiston Respublikasi qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, xalq deputatlari viloyat Kengashi va viloyat hokimligining qarorlari, shuningdek hokimlik rahbariyati topshiriqlarining davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan bajarilishi holatining o’z vaqtida o’rganilishi uchun javob beradi.

Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, qurilish sub’ektlari o’rtasida bozor munosabatlarini joriy etish, pudrat, loyiha ishlari va qurilish materillari bozorini shakllantirish bo’yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi.

Shaharda kapital qurilish, kommunikastiyalar, kommunal xo’jalik va obodonlashtirish masalalari bilan shug’ullanadi va shu sohalarga daxldor korxona, tashkilot, bo’lim va boshqarmalar faoliyatini muvofiqlashtiradi.

Tasarrufidagi  idoralarda yagona davlat investistiya siyosatini amalga oshirish yuzasidan chora-tadbirlarni ta’minlaydi. Investistiya dasturlariga muvofiq ravishda qurilishlar manziliy ro’yhatini shakllantiradi va tasdiqlaydi, byudjet mablag’lari hisobiga barpo etilgan ob’ektlarni o’z vaqtida ishga tushirilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi.

Qurilish kompleksida pudrat, loyiha ishlariga bo’lgan davlat buyurtmasini tender asosida tashkil qilishni, shuningdek uning bajarilishi yuzasidan nazoratni ta’minlaydi.

Hududda shaharsozlik yuritish bo’yicha tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlarni amalga oshiradi.

Qurilish bosh rejasini amalga oshirilishini ta’minlaydi, shuningdek shaharlar, aholi punktlari qurilishida me’yor va qoidalarga rioya qilishni nazorat qiladi.

Kommunal xizmat ko’rsatish sohasida islohotlarni chuqurlashtirishning borishi to’g’risida nazoratni amalga oshiradi, kommunal hizmatlar ko’rsatishda raqobat bozorini shakllantirishga imkoniyat yaratadi.

Yo’llar ta’minotiga, transport inshootlarini rivojlantirish va aholini ichimlik suv hamda tabiiy gaz bilan ta’minlash, shuningdek aholi punktlarining obodonlashtirilishini ta’minlash bo’yicha dasturlarni bajarishga yo’naltirgan chora-tadbirlarni amalga oshiradi.

Shaharda kapital qurilish, kommunikstiyalar, kommunal xo’jalik, obodonlashtirish birlashmalari, uyushmalari, idoralari, kompaniyalari faoliyatini muvofiqlashtiradi.

Shahar agrosanoat majmuiga qarashli bo’limlar, korxona va tashkilotlar ishini mavofiqlashtiradi. Joylarda iqtisodiy islohotlar, bozor tuzilmalari, mulk shaklini takomillashtirish, infratuzilma barpo etish, meliorastiya, qishloq va suv ho’jaligi qurilishini rivojlantirish ishlarini tashkillashtiradi.

Agrosanoat majmuida fan-tehnika yangiliklarini, ilg’or tehnologiyalarni joriy etish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, qishloq xo’jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish masalalari bilan shug’ullanadi.

Shahar qishloq ho’jaligini rivojlantirishning istiqbolli rejalari va dasturlarini ishlab chiqishni ta’minlaydi va ularning bajarilishini nazorat etadi.

Shahardagi ishlab chiqarish korxonalarini rivojlantirish, xom ashyo bilan ta’minlash, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash masalalari bilan shug’ullanadi.

Shaharda pilla etishtiruvchi va tayyorlovchi korxonalar faoliyatini muvofiqlashtiradi va  rahbarlik qiladi.

Shahar hokimligi apparatiga rahbarlik qiladi. Ish yuritish va ijroni nazorat qilishni tashkil etishga hamda Xalq deputatlari shahar Kengashi sessiyalarini tayyorlashga rahbarlik qiladi.

O’ziga biriktirilgan shahar komissiyalari ishini tashkil etadi va ularga rahbarlik qiladi.

Maxfiylik rejimini, davlat siri bo’lgan ma’lumotlar hamda qonun bilan muhofaza qilinadigan boshqa sirlarning himoya qilinishini ta’minlaydi;

Xalq deputatlari shahar Kengashi va hokimlikning faoliyati to’g’risida belgilangan tartibda jamoatchilikni xabardor qilishni tashkil etadi.

Boshqaruv apparatida amal qiluvchi Yo’riqnomaga muvofiq ish yuritilishini ta’minlaydi.

Quyidagi shahar tashkilotlari va korxonalari faoliyatini muvofiqlashtiradi, ulardagi ishlarning ahvolini tahlil qiladi va hamkorlikda ish olib boradi:

-qurilish industriyasi va qurilish mahsulotlari sanoati korxonalari;

-shahar arhitektura va qurilish boshqarmasi;

-shahar hokimligi “Qurilish Direkstiyasi”;

-qurilish va ta’mirlash birlashmalari, kompaniyalari va trestlari;

-er resurslari va davlat kadastri shahar bo’limi;

- “Ermulkkadastr“ DK xizmati shahar bo’limi;

-ixtisoslashgan qurilish-montaj tashkilotlari;

-Farg’ona neft mahsulotlari bilan ta’minlash unitar korxonasi;

-loyihalash institutlari va tashkilotlari;

-shahar Obodonlashtirish boshqarmasi;

- Farg’ona shahar hokimligi huzuridagi shaharning markaziy maydonlarini ko’kalamzorlashtirish, obodonlashtirish va saqlash departamenti;

-shahar uy-joylarni taqsimlash va ro’yxatga olish bo’limi;

-issiqlik tarmoqlari korxonasi;

-shahar “Suvoqava” ishlab chiqarish korxonasi;

-O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Farg’ona shahar bo’limi;

-“Vodiygazta’minot” unitar korxonasi shahar bo’limi;

-shahar Elektr ta’minoti korxonasi;

-shahar hududidagi sanoat korxonalari;

-engil sanoat korxonalari;

-shahardagi mebel ishlab chiqarish korxonalari;

-yog’ochni qayta ishlash korxonalari;

-tabiatni muhofaza qilish qo’mitasi shahar inspekstiyasi;

- «O’zdavneftgazinspekstiya» viloyat bo’limi;

- Farg’ona hududiy standartlash,  metrologiya va sertifikastiyalash markazi;

- shahar hududidagi  barcha xususiy uy joy mulkdorlari shirkatlari;

- shahar hududidagi  yo’l qurilish va ta’mirlash korxonalari;

- shahar Fermerlar Kengashi;

- shahar Xususiy uy joy mulkdorlari shirkatlari uyushmasi;

- shahar hududidagi yo’lovchi va yuk tashish transporti tashkilotlari;

- shahar hududidagi  qishloq xo’jaligi korxonalari shu jumladan fermer, dehqon xo’jaliklari va meva-sabzavotlarni qayta ishlovchi korxonalar.













ShAHAR HOKIMINING IQTISODIY VA IJTIMOIY RIVOJLANTIRISh, XIZMAT KO’RSATISh SOHASI VA TADBIRKORLIK MASALALARI BO’YIChAO’RINBOSARI (iqtisodiyot, ta’lim, sog’liqni saqlash, tadbirkorlik sub’ektlari, madaniyat, jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlar bilan aloqalar):


Shahar hokimining qarori bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.

Tasarrufidagi shahar hokimligi bo’limlari rahbarlari lavozimiga kadrlarni tanlash va tavsiya etish, kadrlarni joy-joyiga qo’yish, tarbiyalash hamda ularni yuqori lavozimlarga tavsiya etish masalalari bilan shug’ullanadi va bevosita shahar hokimi bilan kelishgan holda bu sohada mustaqil ish olib boradi.

O’zbekiston Respublikasining «Jismoniy va yuridik shaxslarining murojaatlari to’g’risida» gi Qonuni va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 yanvardagi 12 sonli “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori asosida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, farmoyishlari va qarorlari, Vazirlar Mahkamasi va viloyat hokimining qarorlari va farmoyishlari, shahar hokimining qaror va farmoyishlarini shahar hokimligi apparatida, shahar boshqarma va bo’limlarida, tashkilot va korxonalarida bajarilishini ta’minlaydi, ularning ijro nazoratini tashkil etish bilan shaxsan shug’ullanadi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, viloyat va shahar hokimining qaror va farmoyishlarining bajarilishini va bu hujjatlarning ijrosini tashkil etish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlarni tahlil qiladi.

Shahar hokimining iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalaribo’yicha majmua mutaxassislari faoliyatiga bevosita rahbarlik qiladi.

Shaharda "Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi"ning bajarilishi bo’yicha ishlarni muvofiqlashtiradi.

Iqtisodiyot masalalariga rahbarlik qiladi, iqtisodiy-ijtimoiy majmuaga kiruvchi bo’limlar faoliyatini muvofiqlashtiradi.

Hududni iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish prognozlarini shakllantiradi, shahar byudjetini ishlab chiqishda va mahalliy byudjetni mustahkamlash bo’yicha chora-tadbirlarni ta’minlashda ishtirok etadi.

Davlat va xo’jalik boshqaruvi organlarining hududiy bo’linmalari, boshqa tashkilotlar rahbarlari va xodimlari ishtirokida hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari ko’rib chiqilishini va muhokama qilinishini tashkil etadi.

Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish tendenstiyalarining, iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarida iqtisodiy islohotlarni amalga oshirilishining tizimli monitoringi olib borilishi hamda qaror qabul qilishini talab etuvchi muammoli masalalar sabablarining o’z vaqtida aniqlanishi va takliflar tayyorlaydi.

Tadbirkorlikni jadal rivojlantirishni ta’minlash, xususiy mulk manfaatlarini himoya qilish hamda tadbirkorlik sub’ektlarining qonuniy huquqlarini va kafolatlarini ta’minlash yuzasidan hududiy boshqaruv organlari mas’uliyatini oshirish bo’yicha tizimli ishlarni tashkil etadi.

Iqtisodiy  o’sishning yuqori sur’atlarini ta’minlash maqsadida iqtisodiyotda tarkibiy o’zgartirishlarni amalga oshirishga, amalga oshirilayotgan bozor islohotlarini chuqurlashtirishga, faol investistiya siyosatini olib borishga, innovastion rivojlanish mexanizmini izchil joriy etishga yo’naltirilgan aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish, bandlikni, aholi daromadlari o’sishini va hayoti darajasi oshishini ta’minlash bo’yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etadi.

Qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirish, tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, ularning moddiy va kredit resurslaridan foydalanishini kengaytirish, xususiy mulkning manfaatlarini, tadbirkorlik sub’ektlarining qonuniy huquqlari va kafolatlarini himoya qilish chora-tadbirlarini amalga oshiradi.

Davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari hududiy bo’linmalarining boshqa tashkilotlarning, birinchi navbatda, eksport tuzilmasida yuqori qo’shilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ulushini yanada ko’paytirish hisobiga eksport salohiyatini oshirish bo’yicha dasturlarni amalga oshirish choralarini ko’radi.

Mahalliy mahsulotlarning raqobatbardoshliligini oshirish va ularni jahon hamda mintaqa bozorlariga kiritish, mahalliy mahsulotlarni eksport qilishning ko’paytirilishini rag’batlantirish va mahsulotlarning tarkibini takomillashtirish bo’yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi.

Hududiy investistiya dasturlari amalga oshirilishini, yangi ishlab chiqarishlarni qurish va o’z vaqtida ishga tushirish hamda ishlayotgan ishlab chiqarishlarni modernizastiyalashni ta’minlash, shuningdek ularni amalga oshirishga xorijiy investorlarni jalb etish ishlarini faol bajarish choralarini ko’radi.

Xususiylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish va korxonalarning ustav kapitallaridagi davlat ulushi va aktivlarini xususiy investorlarga, shu jumladan xorijiy investorlarga sotish hisobiga respublika iqtisodiyotida xususiy mulkning darajasi va rolini oshirish choralarini ko’radi.

Respublika iqtisodiyotini rivojlantirishning o’rtacha va uzoq muddatli dasturlariga kiritilgan yirik investistiya loyihalarini amalga oshirishga ko’maklashishadi.

Davlat organlarida, iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarida axborot-kommunikastiya texnologiyalarini rivojlantirish hamda axborot xavfsizligini ta’minlash, shuningdek pochta va telekommunikastiyalarni rivojlantirish, axborot faoliyati, arxiv ishi, intellektual mulk ob’ektlariga huquqlarni huquqiy muhofaza va himoya qilish samaradorligini oshirish choralarini ko’radi.

Iste’mol tovarlari, aholining iste’mol tovarlari va pulli xizmatlar bilan ta’minlash bo’yicha marketing tadqiqotlari yuzasidan bozorlar, yarmarka va ko’rgazmalar faoliyatini muvofiqlashtiradi.

Chakana va ulgurji savdoni, pulli xizmatlar ko’rsatish sohasini tashkil etish tizimini takomillashtirish, savdoni tashkil etish va xizmatlar ko’rsatishning yangi shakllari va usullarini keng joriy etish, tadbirkorlikni rivojlantirish, shuningdek savdo va xizmatlar ko’rsatishning normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshiradi.

Davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan shahar hokimligiga kiritiladigan takliflar va hujjatlarni sifatli va o’z vaqtida ishlab chiqishning tashkil etilishi, ularning iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan o’tkazilishi, shuningdek asoslangan xulosalar tayyorlaydi.

Bandlik va aholining ijtimoiy ta’minotini tashkil etish, davlat statistikasining ishonchliligini ta’minlash ishlarini muvofiqlashtiradi.

Aholi bandligini ta’minlash bo’yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, hududiy boshqaruv organlarining, boshqa tashkilotlarning  yangi ish o’rinlari yaratish, ijtimoiy sohani rivojlantirish, aholining turmush  darajasi va sifatini yanada oshirishga doir ishlarini muvofiqlashtiradi.

Shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari, hududiy investistiya dasturlari, ishlab chiqarishlarni modernizastiyalash, texnik yangilash va texnologik jihatdan qayta jihozlash dasturlari, mahalliylashtirish dasturi, muhandislik-kommunikastiya va yo’l-transport infratuzilmasini rivojlantirish va modernizastiyalash dasturlari, shuningdek boshqa hududiy dasturlar amalga oshirilishining monitoringini olib boradi.

Mahalliy ishlab chiqarish kuchlarini samarali joylashtirish, sanoat ishlab chiqarish sohasida islohotlarni chuqurlashtirish bo’yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi. Tashqi iqtisodiy aloqalar borasidagi faoliyatini kengaytirishga, investistiyalarni, jumladan xorijiy investistiyani jalb etishga imkoniyat yaratadi.

Bozor infratuzilmalari sub’ektlari, shu jumladan tijorat banklar, birjalar, sug’urta kompaniyalari bilan birgalikdagi faoliyatini ta’minlaydi.

Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, qimmatli qog’ozlar bozorida korxonalar akstiyalar paketlarini sotish ishlarini muvofiqlashtirish va nazorat qilish bo’yicha chora-tadbirlar amalga oshirilishini ta’minlaydi.

Shahar iqtisodiyotida xususiy sektorning ulushini oshirilishiga, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni, shuningdek bozor infratuzilmasini rivojlantirishni rag’batlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshiradi.

Zarar ko’rib ishlaydigan va istiqbolsiz korxonalarni sanastiya qilish, yo’nalishini o’zgartirish va tugatish dasturlarini ishlab chiqish va ularni bajarish yuzasidan nazoratni ta’minlaydi.

Resurslarni tejovchi texnologiyalar va mexanizmlar joriy etilishini, yoqilg’i-energetika resurslarining tejalishini ta’minlovchi dasturlarni amalga oshirish bo’yicha chora-tadbirlarni qabul qiladi.

Shahar hududida faoliyat ko’rsatayotgan avtomobillarga yoqilg’i quyish shoxobchalarida amaldagi huquqiy-me’yoriy hujjatlarga rioya qilishini daxldor idoralar tomonidan muntazam o’rganib borilishini tashkillaydi va shahar hokimiga axborot berib boradi.

Iste’mol bozorini, aholiga xizmat ko’rsatuvchi boshqa sohalarni rivojlantirish, iste’molchilar huquqlarini himoya qilishni kuchaytirish bo’yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi.

Ijtimoiy soha boshqaruv organlarining tarmoq va funkstional faoliyatlarini muvofiqlashtiradi. Ijtimoiy soha boshqaruv tuzilmalarini isloh, qilish va yanada takomillashtirish bo’yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi.

Xalq ta’limi masalalari bo’yicha davlat siyosatini yuritishni ta’minlaydi, shahardagi barcha umumta’lim maktablarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga imkon yaratadi.

Madaniyatni rivojlantirish bo’yicha maqsadli dasturlarni amalga oshiradi, aholining dam olishi uchun sharoit yaratish, xalq ijodiyoti va milliy madaniyatini qo’llab-quvvatlash tadbirlarini ishlab chiqish va ijro etishni ta’minlaydi.

Respublika gazetalari va teleradiokompaniyalari, shuningdek milliy axborot agentliklari muxbirlari faoliyatiga yaqindan yordam beradi.

Ommaviy jismoniy tarbiya va professional sportni yanada rivojlantirish, madaniy boyliklar va yodgorliklarni saqlash hamda rivojlantirish, mintaqani o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda turizm tarmog’i infratuzilmasini takomillashtirishbo’yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi.

Iqtisodiyot va ijtimoiy sohani rivojlantirish masalalari bo’yicha respublika va viloyat ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan hamkorlik qiladi.

Milliy va davlat bayramlarini o’tkazishni tashkil etadi.

Shaharda iqtisodiyotda, eng avvalo, sanoatda tarkibiy o’zgartirishlar amalga oshirilishini  ta’minlaydi.

Shaharda "Davlat tili to’g’risida"gi Qonunni amalga oshirish, muruvvat yordamlarini taqsimlaydi.

Jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlar faoliyatlarini muvofiqlashtiradi.

Aholi o’rtasida ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarni chuqurlashtirish chora-tadbirlarini amalga oshiradi.

Dinlararo ijtimoiy munosabatlarni mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshiradi.

Millatlararo totuvlikni va diniy bag’ri kenglikni ta’minlashda davlat organlarining jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlar bilan hamkorligini muvofiqlashtiradi.

Millatlararo do’stlik prinstiplarini qaror toptirishga, millatlararo munosabatlar madaniyatini rivojlantirishga yo’naltirilgan jamoatchilik tashabbuslarini rag’batlantirish, muvofiqlashtirish va taqdirlash chora-tadbirlarini ko’radi.

Shaharda Haj va Umra safarlarini tashkil etish ishlarini muvofiqlashtiradi.

Shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari, hududiy investistiya dasturlari, ishlab chiqarishlarni modernizastiyalash, texnik yangilash va texnologik jihatdan qayta jihozlash dasturlari, shuningdek boshqa hududiy dasturlar amalga oshirilishining monitoringini olib borishning samarali tizimini yaratadi.

Shaharga kelayotgan siyosiy, xayriya, xalqaro va chet el delegastiyalari tashrifini tayyorlaydi, ularni kutib olish, kuzatishni tashkil etadi, tegishli hujjatlarni imzolashga tayyorlaydi.

Mahalliy soliqlar va boshqa yig’imlar hajmini belgilash, narx-navo siyosati, ishlab chiqarishni rag’batlantirish, aholini Ijtimoiy himoyalash bo’yicha mavjud qonun va hukumat qarorlarining bajarilishini ta’minlaydi.

Sog’liqni  saqlash tizimini isloh qilish davlat dasturini amalga oshirish va sifatli tibbiy xizmatlar ko’rsatishda aholining ehtiyojini qondirish yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshiradi.

Ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi natijalarini o’rganib, umumlashtiradi, ularni chuqurlashtirish bo’yicha takliflar tayyorlaydi.

Iqtisodiy islohotlarning amalga oshirilishi va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishnio’rganishni tashkil etadi, iqtisodiyotdagi sifat o’zgarishlarning monitoringini olib boradi.

Muhim iqtisodiy va ijtimoiy muammolar maqsadli dasturlarining tahlil qilinishi va ekspert baxolanishini ta’minlash, ularning amalga oshirilishini nazorat qiladi.

Kompleks tahlil qilish va umumlashtirish asosida makro darajada, shuningdek, tarmoq va hududlar bo’yicha iqtisodiy va ijtimoiy o’zgarishlar ahvolini aks ettiruvchi tahliliy materiallar tayyorlashga rahbarlik qiladi.

Shahar hokimligi bo’limlarining va ijro etuvchi mahalliy hokimiyat organlarining ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, maqsadli va tarmoqlar, iqtisodiyot sektorlari va hududlarni rivojlantirish kompleks dasturlarini ishlab chiqish masalalari bo’yicha faoliyatini muvofiqlashtirish va ularning izchillik bilan ro’yobga chiqarilishini nazorat qilinishini ta’minlaydi.

O’ziga biriktirilgan shahar komissiyalari ishini tashkil etadi va ularga rahbarlik qiladi.

Qisqa muddatli davrda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish samaradorligini oshirish bo’yicha takliflar hamda o’rta muddatli va uzoq, muddatli davrlarda iqtisodiy islohotlar strategiyasining variantlari bo’yicha takliflar ishlab chiqadi.

Iqtisodiyot idoralari xodimlari, ekspertlarni jalb etgan holda maxsus sostiologik, byudjet tekshiruvlarini o’tkazish bo’yicha vaqtinchalik ekspert guruhlari tuzadi va ular ishiga rahbarlik qiladi. Ijtimoiy-iqtisodiy hamkorlik va axborot tahliliy tadqiqotlar milliy va xalqaro loyihalarida qatnashishni tashkil etadi.

Maxfiylik rejimini, davlat siri bo’lgan ma’lumotlar hamda qonun bilan muhofaza qilinadigan boshqa sirlarning himoya qilinishini ta’minlaydi;

Xalq deputatlari shahar Kengashi va hokimlikning faoliyati to’g’risida belgilangan tartibda jamoatchilikni xabardor qilishni tashkil etadi.

Shahar hokimi karorlari, farmoyishlari va boshqa hujjatlar loyihalarini amaldagi qonunlarga mosligini majburiy tartibda ko’rib chiqadi va belgilangan tartibda ularni imzolaydi.

Iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo’yicha majmua, shahar komissiyalariga rahbarlik qiladi.

Boshqaruv apparatida amal qiluvchi Yo’riqnomaga muvofiq ish yuritilishini ta’minlaydi.

Quyidagi shahar tashkilotlari va korxonalar faoliyatini muvofiqlashtiradi, ularda ishlarning ahvolini tahlil qiladi va birga ish olib boradi:

-shahar hokimligi moliya bo’limi;

-shahar davlat soliq inspekstiyasi;

-shahar iqtisodiyot bo’limi;

-shahar statistika bo’limi;

- shahar hokimligi huzuridagi “Yagona darcha” Markazi;

-shahar bandlikka ko’maklashish markazi;

-shahar xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo’limi va uning muassasalari;

-ilmiy muassasalar va oliy o’quv yurtlari;

-shahardagi barcha o’rta maxsus kasb-hunar kollejlari va akademik listeylar;

-shahar tibbiyot birlashmasi va uning muassasalari;

-shahar davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazi;

-shahar madaniyat va sport ishlari bo’limi va uning muassasalari;

-“O’zbeknavo” estrada birlashmasi;

-“O’zbekraqs” birlashmasi;

-“O’zbekteatr” birlashmasi;

-“Tasviriy oyna” ijodiy uyushmasi;

--reklama va poligrafiya korxonalari;

-"O’zagrosug’urta" Davlat akstiyadorlik sug’urta kompaniyasi filiali;

-“Kafolat” Davlat akstiyadorlik sug’urta kompaniyasi filiali;

- “O’zbekinvest” Davlat akstiyadorlik sug’urta kompaniyasi filiali;

-shahardagi barcha tijorat banklari;

-O’zbekiston Respublikasi savdo-sanoat palatasi shahar bo’limi;

-qo’shma va kichik korxonalar;

- shahar hududidagi  barcha turdagi bozorlar va yarmarkalar;

-dori darmon ishlab chiqaruvchi va savdosi bilan shug’ulanuvchi korxonalar;

-Futbolni rivojlantirish jamg’armasi;

-barcha turdagi sport federastiyalari;

-engil sanoat korxonalari;

-"Farg’onatelekom" ochiq turdagi akstiyadorlik jamiyati;

-“O’zbekiston pochtasi” Farg’ona pochta aloqa tarmog’i;

- uyali aloqa kompaniyalari filiallari;

- telestudiyalar va radiostudiyalar;

- shahardagi hududiy matbuot nashrlari, gazeta va jurnallar;

-shahar hududidagi  kabel televideniesi tashkilotlari;

-“Avtotexxizmat” akstiyadorlik jamiyati;

-O’zbekiston xorijiy  mamlakatlar  bilan  do’stlik  va  madaniy-ma’rifiy aloqalar Kengashi viloyat bo’limi;

-shahardagi barcha diniy tashkilotlar;

-siyosiy partiyalar va harakatlar;

-milliy-madaniy markazlar;

-"O’zbekturizm" milliy kompaniyasi viloyat bo’limi;

-O’zbekiston ko’zi ojizlar va karlar jamiyatlariga qarashli sanoat korxonalari;

- Elektron axborot resurs markazlari;

-fan va texnologiyalar markazlari;

- Ma’naviyat targ’ibot markazi shahar bo’limi;

-"Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati shahar bo’limi;

-baynalmilal jangchilar uyushmasi shahar bo’limi;

- «Avto yoqilg’i quyish shoxobchalar» uyushmasi.


 

ShAHAR HOKIMINING O’RINBOSARI – ShAHAR HOTIN QIZLAR QO’MITASINING RAISI:

Shahar hokimining qarori bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.

Tasarrufidagi shahar tashkilotlari rahbarlari lavozimlariga kadrlar tanlash, tavsiya etish va ularni yuqori lavozimlarga tavsiya etish masalalari bilan shug’ullanadi hamda bevosita shahar hokimi bilan kelishgan holda bu sohada mustaqil ish olib boradi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil
12 yanvardagi 12-sonli “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori asosida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, farmoyishlari va qarorlari, Vazirlar Mahkamasi va viloyat hokimining qarorlari va farmoyishlari, shahar hokimining qaror va farmoyishlarini shahar hokimligi apparatida, shahar boshqarma va bo’limlarida, tashkilot va korxonalarida bajarilishini ta’minlaydi, ularning ijro nazoratini tashkil etish bilan shaxsan shug’ullanadi.

O’zbekiston Respublikasi Konstitustiyasi, "Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida"gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni, boshqa qonunlar, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari,  O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  qarorlari va topshiriqlari, xalq deputatlari viloyat Kengashining qarorlari va topshiriqlarida hokimlikka yuklangan vazifalarni bajarish yuzasidan aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi.

Rivojlantirishning maqsadli davlat dasturlari amalga oshirilishi, O’zbekiston Respublikasi qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, xalq deputatlari viloyat Kengashi va hokimning qarorlari  bajarilishini tashkil etadi.

O’ziga biriktirilgan shahar komissiyalari ishini tashkil etadi va ularga rahbarlik qiladi.

Oila, onalik va bolalikni  ijtimoiy muhofaza qilish masalalari majmuasi xodimlariga rahbarlik qiladi.

Oila, onalik va bolalikni ijtimoiy muhofaza qilish masalalariga, ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy ishlarga hamda hukumatga qarashli bo’lmagan tashkilotlar bilan o’zaro hamkorlik ishlariga rahbarlik qiladi.

Oilada, mahalla va mehnat jamoatlarida xotin-qizlar mavqeini oshirish borasidagi davlat siyosatini yuritish, ayollarning mehnat sharoitini yaxshilash davlat va nodavlat tashkilotlarining shu masalalarga oid faoliyatini va harakatlarini muvofiqlashtiradi, korxona, tashkilot va muassasalarda ayollarning ijtimoiy muhofazasini oshirishda ishtirok etadi.

Ma’naviy va milliy qadriyatlarga, xalqimizning diniy e’tiqodlari va urf-odatlariga qarshi yo’naltirilgan mafkuraviy tahdidlarga qarshi samarali kurashish, yot g’oyalarni tarqatishga qarshi kurash olib borish tadbirlari amalga oshirilishini ta’minlaydi.

Har tomonlama kamol topgan, qat’iy e’tiqodga va qarashlarga ega bo’lgan, mustaqil fikrlaydigan yoshlarni tarbiyalashga yo’naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek yoshlarni turli mafkuraviy tahdidlardan himoya qilish choralarini ko’radi.

Mahallalar, o’quv muassasalari, mehnat jamoalarida ayollarni yuksak vatanparvarlik, milliy va diniy bag’rikenglik ruhida tarbiyalash, begona diniy oqimlarga qarshi kurashga oid targ’ibot ishlarini tashkil etadi, ayollar o’rtasida jamiyatimizga zid g’oyalar tarqalishining oldini olish choralarini ko’radi.

Xotin-qizlarni ma’naviy, ijtimoiy va kasbiy jihatdan qo’llab-quvvatlash, onalik va bolalikni muhofaza etishga yo’naltirilgan tadbirlarni uyushtiradi. Xotin-qizlarning ma’naviy axloqiy va jismoniy kamolotini ta’minlashga, siyosiy, iqtisodiy va huquqiy bilimlarini oshirishga oid tadbirlarni tashkil qiladi.

Xotin-qizlarning reproduktiv salomatligini yaxshilash, ular o’rtasida ommaviy sport turlarini rivojlantirish, ushbu sohaga homiylarni jalb etish masalalari bilan shug’ullanadi.

Fuqarolarni o’zini o’zi boshqarish organlariga rahbarlik qiladi va ularning faoliyatini muvofiqlashtiradi.

O’zbekiston faxriylarini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash «Nuroniy» jamg’armasining, O’zbekiston «Mahalla» xayriya jamoat fondining va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlarining mintaqaviy tuzilmalari faoliyatiga ko’maklashadi.

Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo’yicha hududiy kengashlarning samarali faoliyatini ta’minlash chora-tadbirlarini amalga oshiradi.

Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari faoliyatini amalga oshirish uchun davlat organlari tomonidan zarur sharoitlar yaratish, fuqarolar yig’inlariga qonunchilikda berilgan vakolatlarini ro’yobga chiqarishda ko’maklashish ishlarini tashkil etadi.

Fuqarolar yig’inlarining nodavlat notijorat tashkilotlari, shuningdek davlat organlari bilan ijtimoiy sheriklik mexanizmlarini shakllantirish va rivojlantirishga yo’naltirilgan faoliyatini takomillashtirishga ko’maklashiadi.

Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari oldida turgan, shu jumladan yoshlarni ma’rifiy, ma’naviy-axloqiy tarbiyalash, kasbga yo’naltirish, kichik va xususiy tadbirkorlikni, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, aholini manzilli ijtimoiy qo’llab-quvvatlash va ijtimoiy faolligini oshirish, jamoatchilik nazoratini tashkil etish, tabiatni muhofaza qilish, hududlarni obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish, jamiyatda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash sohasidagi vazifalarni samarali bajarishga yo’naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshiradi.

Demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini shakllantirishda, ijtimoiy masalalarni hal etishda mahalla institutining ahamiyati to’g’risida aholini, ayniqsa yoshlarni keng xabardor qilish, shuningdek eng avvalo, kamol topayotgan avlodni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, yosh oilalarni qo’llab-quvvatlash, keksalarga va aholining ijtimoiy nochor qatlamlariga manzilli yordam berish, ish bilan ta’minlash, odamlarning ijtimoiy-maishiy sharoitlarini yaxshilash va hududlarni obodonlashtirishda mahallalarning faoliyatini har tomonlama yoritish bo’yicha tizimli ishlarni ommaviy axborot vositalari bilan birgalikda tashkil etadi.

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini "Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to’g’risida"gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq ko’rib chiqadi;

Maxfiylik rejimini, davlat siri bo’lgan ma’lumotlar hamda qonun bilan muhofaza qilinadigan boshqa sirlarning himoya qilinishini ta’minlaydi;

Xalq deputatlari shahar Kengashi va hokimlikning faoliyati to’g’risida belgilangan tartibda jamoatchilikni xabardor qilishni tashkil etadi.

Shahar hokimligida hujjatlarni saqlanishini ta’minlash doimiy ishlovchi ekspert komissiyasiga raislik qiladi.

Boshqaruv apparatida amal qiluvchi Yo’riqnomaga muvofiq ish yuritilishini ta’minlaydi.

Quyidagi shahar tashkilotlari va korxonalari faoliyatini muvofiqlashtiradi, ulardagi ishlarning ahvolini tahlil qiladi va hamkorlikda ish olib boradi:

-  shahar xotin-qizlar qo’mitasi;

-  “Sog’lom avlod uchun” shahar tayanch punkti;

-  “Mahalla” hayriya jamoat fondining shahar bo’limi;

-  mudofaaga ko’maklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotining shahar Kengashi;

-  “Tadbirkor ayollar” uyushmasi;

-  “Qizil yarim oy” jamiyati shahar bo’limi;

-  nogironlar jamiyati shahar bo’limi;

-  “Oila” ilmiy-amaliy markazi bo’limi;

-  “Bolalar” va oilalarni qo’llab-quvvatlash Assosastiyasi Farg’ona viloyat bo’limi;

-  nodavlat-notijorat tashkilotlari;

-  davlat arxivlari;

-  shahar hokimligi Ijtimoiy ko’nikma markazi;

-  “Nuroniy” jamg’armasi shahar bo’limi;

-   shahardagi mahalla fuqarolar yig’inlari.