Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
FARG’ONA SHAHRIDA OG’IR IJTIMOIY VAZIYATGA TUSHIB QOLGAN XOTIN-QIZLARGA YORDAM BERILMOQDA
2021-04-22 18:45:53 712
Davlatimiz rahbarining 2020 yil 29 dekabrda Oliy Majlisga yo’llagan Murojaatnomasida davlat va jamiyat boshqaruvida ayollarning o’rni va mavqeini yanada mustahkamlash mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning eng ustuvor yo’nalishlaridan biri ekani ta'kidlandi. Shu ma'noda, xotin-qizlarni har tomonlama qo’llab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlar 2021 yilda ham davom ettirilishiga alohida e'tibor qaratildi.
Bu haqda fikr yuritganda, xususan, barcha tuman va shaharlarda og’ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarga yordam berilmoqda.
Jumladan Farg’ona shahar Istiqlol MFY A.Kodiriy ko’chasi 17a uy 11 xonadonda yashovchi “Ayollar daftariga” kiritilgan, boquvchisini yuqotgan Poshevnina Larisa ko’rsatilgan 600000 so’mlik moddiy yordam uchun Fargona shahar hokimi M.M.Ubaydullayevga o’z minnatdorchiligini bildirdi.
Bir og’iz murojaatim tez hal qilindi,-deydi Poshevnina Larisa.-Men bunday e'tibor va g’amxo’rlikdan juda mamnunman. Hozirgi og’ir sharoitda, pandemiya davrida Prezidentimiz biz ayollarning turmush-tarzimizgacha qayg’uryapti, biz ayollarga sharoitlar yaratib berilyapti.