Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 32 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

FARG`ONA SHAHAR HOKIMLIGI VA DAVLAT XIZMATLARI AGENTLIGI HUDUDIY BO‘LINMALARI HAMKORLIKDA SUBSIDIYA OLISH BO`YICHA  SHAHAR HUDUDIDAGI MFY LAR VAKILLARIGA TUSHUNCHALAR BERILDI.

×

 2021-04-19 15:45:30    757

PDF yuklash
Chop etish


Aholi soni o'sishi bilan uy-joyga ehtiyoj ham oshishi tabiiy. Shavkat Mirziyoev Prezident vazifasiga kirishgan ilk pallalardanoq bu dolzarb masalani alohida e'tiborga olib, odamlarni uy bilan ta'minlash choralarini ko'rdi. Davlatimiz rahbarining 2016 yil 21 oktyabrdagi qaroriga ko'ra, qishloqlarda, 22 noyabrdagi qarori bilan esa shaharlarda arzon uy-joylar qurish bo'yicha dasturlar qabul qilindi. Ular asosida, o'tgan to'rt yilda 140 mingta uy-joy barpo etildi. Yiliga qurilgan uylarning o'rtacha soni taqqoslanganda, bu avvalgi davrdagi ko'rsatkichdan 4-5 baravar ko'pdir.

 Bu boradi aholiga to`g`ri tushuncha berish maqsadida Farg`ona shahar hokimligi binosida uchrashuv  bo'lib o'tdi. Seminarni  shahar hokimini birinchi oʼrinbosari B.Moʼminov olib bordi.

Dastlab davlat xizmatlari markazi vakillari  ariza beruvchining belgilangan ijtimoiy mezonlarga mos kelishini aniqlash va baholashga mas’ul bo‘lgan tashkilotlarning shahar bo‘limlari to`g`irisida  hamda subsidiya to‘lanadigan talabgor shaxslarni tanlab olish bo‘yicha tushincha berishdi.

Davlat xizmatlari agentligi hodimlari tushintirishiga ko`ra past daromadli, uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj oilalarga 15 foizlik dastlabki badalning 10 foizi subsidiya sifatida to‘lab beriladi. Ya’ni, aholi uy olish uchun dastlabki badalning 5 foizini to‘laydi, xolos. Kredit olgan aholi uchun foiz to‘lovlarining Toshkent shahrida 12 foizi, boshqa hududlarda 10 foizidan yuqori qismiga subsidiya beriladi.

Misol uchun, qishloqlarda 54 kvadrat metrli kvartira (o‘rtacha 216 million so‘m) olmoqchi bo‘lgan oila 33 million so‘mlik dastlabki badalning faqat 11 million so‘mini to‘laydi, 22 million so‘mi byudjet mablag‘lari hisobidan qoplanadi. Bu oila imtiyozli davrda oyiga 1 million 500 ming so‘m kredit to‘lasa, qolgan 1 million 100 ming so‘mini har oy davlat qoplab berishi aytildi.

Uchrashuv ishtirokchilarda katta taassurot uyg‘otdi va qiziqarli savol-javoblarga boy tarzda o‘tdi.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram