Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 10 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

FARG’ONA SHAHAR TIBBIYOT BIRLASHMASINING“MAHALLABAY” ISHLASH TIZIMI QANDAY SAMARA BERMOQDA

×

 2021-04-14 09:53:51    858

PDF yuklash
Chop etish


Farg’ona shaxar tibbiyot birlashmasi tasarrufidagi oilaviy poliklinikalarda O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligining 25.02.2021 yildagi ”Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami ko’rsatishni”mahallabay”tashkil qilish choralari to’g’risida” gi № 38-son buyrug’ini ijrosini ta'minlashdan asosiy maqsad va amalga oshirilishi lozim bo’lgan vazifalar:

1. Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami ko’rsatishning mahallalar kesimida olib borish tartibini belgilaydi;

2. Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami ko’rsatishga ”mahallabay” yondashuvidan asosiy maqsad aholiga tibbiy-sanitariya yordami ko’rsatishda manzilli va maqsadli rejalarini belgilash hamda ularning ijrosi samaradorligini aniq va ob'ektiv baholashdir;

3. Har bir shahar tibbiyot birlashmasi rahbari o’z tasarrufidagi birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida quyidagi vazifalar bajarilishini ta'minlaydi:


a) Mahalla tibbiy brigadalar(MTB)faoliyati shakllantirilgan:

mahallaning aholi sonidan kelib chiqib, har 2000 aholiga bir oilaviy shifokor(OSh)xisobidan MTB tarkibida 1tadan 1nechtagacha OSh va 3tadan 1 nechtagacha patronaj xamshiralar bo’lishi mumkin.

b) MTB bo’yicha muassasada va MFYda ma'lumotlar taxtasi shaklantirilgan;

v) Mahallalarda tibbiyot burchagi tashkil qilingan;

g) Xatlov-antropometriya natjalari va xavf guruhlari mahallabay rasmiylashtirilgan:


Mahalla aholisining salomatlik va kasallanish xolati natijalaridan kelib chiqib, aholi xavf guruhlariga ajratiladi, barcha ma'lumotlar xonadonlar kesimida tahlil qilib boriladi.

Farg’ona shaxar aholisini sonidan kelib chiqib tashkil qilingan brigadalarining asosiy maqsadi xatlov natijasida aniklangan surunkali kasallik, ortiqcha vazn, semizlik, kam vaznlik, kasalliklar kesimida 4- guruxlarga ajratib olinib, har bir guruhlar bilan aloxida ish olib borish. 

Farg’ona shaxar xududida 70 ta mahalla fuqarolar yig’ini mavjud bo’lib, shaxar tibbiyot birlashmasi tomonidan 130 ta maxallabay ishlash uchun brigadalar tashkil etilib, har bir brigada 3 nafar tibbiyot xodimi 1 nafar oila shifokori 2 nafar oila xamshirasidan tashkil topgan. Har bir MFYda brigadalarni tarkibi bo’yicha devoriy banner qilinib u brigada haqida to’liq malumotni ko’rish mumkin



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram