Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 72 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

FARG’ONA SHAXAR TIBBIYOT BIRLASHMASINING KORONAVIRUS PANDEMIYASINING NAVBATDAGI TO’LQINI BILAN BOG’LIQ BO’LGAN XAVF-XATARLARNI OLDINI OLISH BO’YICHA MA'LUMOTI

×

 2021-04-01 14:46:19    1444

PDF yuklash
Chop etish


Respublikamizda shu jumladan shaxrimizda koronavirus pandemiyasining navbatdagi to’lqini bilan bog’liq bo’lgan xavf-xatarlarni oldini olish bo’yicha, shaxar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi bilan chora-tadbirlar ishlab chiqilib, shu asosda Farg’ona shaxar tibbiyot birlashmasi va uning joylardagi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan muntazam ravishda tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Joriy yilning fevral oyidan boshlab shaxardagi barcha tibbiyot muassasalarida tibbiyot xodimlarining hushyorligini oshirish maqsadida koronavirus infektsiyasining navbatdagi to’lkini xavf-xatarlarni oldini olish yuzasidan qo’shimcha seminarlar tashkillandi.

Farg’ona shaxrida pandemiyaning navbatdagi to’lqini munosabati bilan, sanitar-epidemiologik barqarorlikni ta'minlash va profilaktik ishlarni muvofiqlashtirish borasida, shaxar tibbiyot birlashmasi qoshida tuzilgan shtab o’z faoliyatini davom ettirmoqda.

Koronovirus pandemiyasining navbatdagi to’lqini natijasida og’rigan bemorlar va ular bilan muloqotda bo’lgan shaxslarni zudlik bilan aniqlab, ularni yuqumli kasalliklar shifoxonalariga yotkizish, tekshiruvga yotkizilgan shaxslarni klinik ko’rsatmalarga asosan PZR va boshqa labarator tekshiruvlarini o’tkazish, shaharga infektsiyani kirib kelish yo’llarini nazorat qilib borish, infektsiya o’chog’ini aniqlash va bartaraf etish yuzasidan xamkor tashkilotlar bilan muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.

Epidemiologik vaziyatni xisobga olgan xolda, koronavirus infektsiyasi bilan kasallangan bemorlarni shifoxonalarga yotqizish uchun Farg’ona shahar 2-sonlishifoxona negizida 220 ta shifo o’rin-joylari tashkillanib, shulardan kislorod tarmog’i bilan ta'minlangan o’rinlar soni140tani tashkil etadi.Mazkur shifoxonada 85 dona kislorod kontsentratorlari shay xolga keltirilgan. Og’ir bemorlarga intensiv yordam ko’rsatish uchun bo’limlar 5 ta IVL, 26 ta SPAP, 5ta kardiomonitor apparlari bilan jixozlandi. Davolash jarayonlarini kuzatish uchun 2 ta mobil rentgen apparatlari ishlatiladi. Bemorlarni uzuliksiz ravishda kislorod bilan ta'mishlash maqsadida 210 ta kilorod ballonlari, 90 ta kislorod maskalari(niqoblari), 20 ta SPAP maskalari, burundan kislorod berish uchun 90 dana konyulalar tayyorlangan. Shuningdek,shaxar markazida faoliyat ko’rsatayotgan 1-sonli shifoxona, shaxar markaziy shifoxonasining terapiya, xirurgiya, reanimatsiya bo’limlari xamda tug’ruq kompleksini qayta profillash xisobiga 600 ta o’rin-joylar qo’shimcha ravishda tashkil etishga imkoniyatimiz mavjud. Mazkur bo’limlarni to’laqonli faoliyat ko’rsatishi uchun zarur bo’lgan tibbiy jixoz, uskunalar va dori darmon vositalari bilan to’liq ta'minlanadi.

Bugungi kunda bemorlarni davolash uchun umumiy qimmati 450 mln. so’m bo’lgan dori-darmon vositalarining zaxirasi mavjud.

O’zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev 2021 yilgi davlat dasturida rejalashtirilgan vazifalarga bag’ishlangan yig’ilishda, koronavirusga qarshi emlash ishlarini boshlash zarurligini ta'kidlagan edi. Ayni vaqtda shaxarda, ommaviy emlash tadbirlarini amalga oshirishga bog’liq bo’lgan ishlar yakunlanmoqda.

Ma'lumki “COVID-19” ni keltirib chiqaradigan virus juda oson yuqadi. Niqob taqish, ijtimoiy masofani saqlash, antiseptik vositalardan foydalanish va jamoat joylariga borishdan o’zini tiyish kabilar virus yuqishi yoki uni boshqalarga yuqtirish ehtimolini kamaytirishda muxim amal hisoblanishiga qaramasdan, bu choralar pandemiyani jilovlash uchun yetarli emas.Olimlarning ta'kidlashicha, kasallik yuqishining epidemik jarayon zanjirini uzish uchun aholining kamida 60-70 foizida immunitet mavjud bo’lishi kerak. Koronavirusga qarshi emlash pandemiyani jilovlashga yordam beradi, ya'ni, vaktsinatsiya organizmda virusga qarshi  immunitet xosil qilib, organizmga tushgan viruslarga qarshi kurashishda ishtirok etadi. Biz emlash orqali nafaqat o’zimizni, balki atrofimizdagilarni ham himoya qilamiz.

Shu yilning 16 fevral kuni, O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan, birinchi navbatda emlanishi lozim bo’lgan aholi kontingenti ma'lum qilindi. Bunda birinchi navbatda, xavf guruhiga kiruvchi shaxslarni emlash nazarda tutilmoqda. Bu toifaga kasallik yuqish xavfi juda yuqori bo’lganlar: 65 yosh va undan yuqori bo’lgan keksalar kontingenti,surunkali kasalliklari bilan kasallangan axoli kontingenti, tibbiyot xodimlari (birinchi navbatda to’g’ridan to’g’ri yuqish xavfi yuqori bo’lgan tibbiyot xodimlaridan 103 xizmati xodimlari, yuqumli kasalliklar shifoxonasi xodimlari,birlamchi tizim xodimlari), qurolli kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, o’qituvchilar, maktabgacha ta'lim muassasasi xodimlari kirishi qayd etib o’tildi.

Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti (JSST) tomonidan samaradorligi tan olingan, xavfsizligi kafolatlangan va favqulodda holatlarda koronavirus kasalligiga qarshi emlash uchun ishlatishga tavsiya etilgan vaktsinalardan foydalaniladi.O’zbekiston RespublikasigaCOVAX dasturi doirasida Hindistonda ishlab chiqarilgan CoviShield vaktsinasi keltirilgan. Bu vaktsina  AstraZeneca vaktsinasining hindcha muqobili hisoblanadi. AstraZeneca 2020 yil kuzida Hindistonning Serum instituti (Serum Institute) bilan koronavirusga qarshi vaktsina ishlab chiqish bo’yicha kelishuv imzolagan. Vaktsina ishlab chiqarish bo’yicha dunyodagi yetakchilardan bo’lgan bu institut AstraZeneca’ni litsenziya asosida ishlab chiqarmoqda.Oksford vaktsinasi deb ham ataladigan AstraZeneca Oksford universiteti va AstraZeneca nomidagi ingliz-shved farmatsevtik kompaniyasi hamkorligida ishlab chiqilgan.CoviShield vaktsinasi 2 dozada tanaga yuboriladi-oraliq 4 xaftadan 12-xaftagacha bo’ladi.AstraZeneca vaktsinalari Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti va YEvropa dori-darmon agentligi (EMA) tomonidan foydalanish uchun tasdiqlangan. Buyuk Britaniya, Braziliya va Janubiy Afrikada 23 mingdan ortiq kishida o’tkazilgan keng ko’lamli klinik sinovlari AstraZeneca - xavfsiz va 18 yoshdan kattalarni Covid-19 profilaktikasi uchun emlashda samarali ekanini ko’rsatgan.

Viloyatimizda shu jumladan shaxrimizda koronavirus infektsiyasiga qarshi emlash ishlariga tayyorgarlik ko’rish va uni amalga oshirish bilan bog’liq aniq vazifalar belgilab olindi. Emlanishi lozim bo’lgan shaxslarning elektron ro’yxatini shakllantirildi. Aholini emlash tadbirlariga jalb etiladigan tibbiyot xodimlari vaktsinatorlar, dublyorlar, registratorlar va reanimator vrachlar koronavirusga qarshi emlash masalalari bo’yicha to’liq tayyorgarlikdan o’tkazildi.Koronavirusga qarshi vaktsinatsiya jarayonlari o’tkazilidigan punktlarda bir kunning o’zida 70 nafar fuqaro emlanadi. Vaktsina olgandan so’ng fuqarolar patronaj tibbiyot xodimlari tomonidan 30 daqiqa, keyinchalik 3 kun davomida uyiga tashrif buyurish yo’li bilan muntazam ravishda kuzatib boriladi. Emlanishga kelgan fuqarolar shifokorning tibbiy ko’rigidan o’tkaziladi. Agar emlashga monelik qiladigan u yoki bu turdagi xolatlar kuzatilsa tibbiy ko’rik o’tkazayotgan shifokor albatta unga e'tiborini qaratadi.

Vaktsinalarni saqlash uchun joylarda barcha sharoitlar yaratilgan.Xususan: emlov o’tkazishda vaktsinalarni joylarga sovuqlik zanjiriqoidalariga rioya qilgan xolda yetkazib berish  uchun maxsus sovutgichli avtotransport vositasi ajratilgan. Shuningdek shaxarda tashkillangan 14 ta emlash punkti va 7 ta xarakatdagi mobil brigadalari sovutgichlar va maxsus sumkalar bilan ta'minlangan.

Axoli,maktab va maktabgacha ta'lim muassasalaridagi xodimlarni emlash jarayonlari o’z xududlaridagi oilaviy poliklinikalarida amalga oshiriladi. Harakatdagi brigadalarda, vrach, vaktsinator va dublyorlardan iborat guruhlar faoliyati tashkil etilib, ular zarur avtotransport vositalari bilan taminlangan.

Mutaxassislar tomonidan ommaviy axborot vositalar orqali Koronavirusga qarshi emlash o’tkazishning mazmun-moxiyati keng yoritilib borilmoqda.

Yurtimizda kuzatilgan Koronavirus pandemiyasingsinovlari va uning oqibatlaridan olingan saboqlar, kasallikning og’irligi va o’lim holatlarining katta qismi noto’g’ri turmush tarzi tufayli kelib chiqadigan yo’ldosh kasalliklar bilan chambarchas bog’liqligini ko’rsatdi.

Jahon sog’liqni saqlash tashkilotining ma'lumotiga ko’ra, jismoniy faollik hamda ovqatlanishni me'yor va qoidalariga amal qilmaslik, tarkibida tuz, qand, yog’ miqdori ko’p bo’lgan taom va shirinliklarni me'yoridan ortiq iste'mol qilish, shuningdek yetarli darajada vitamin va minerallar iste'mol qilmaslik oqibatida organizimida immunitetning pasayishi, insonning erta o’limiga olib keluvchi qator kasalliklarning rivojlanishiga sabab bo’lmoqda.

Shu o’rinda e'tirof etish kerakki, sog’lom turmush tarziga rioya qilgan va jismoniy faolligi yuqori bo’lgan fuqarolarda bu kasallik yengil tarzda o’tganligi o’z isbotini topgan.

Koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish va axolini emlash jarayoni mamlakatimiz, xalqimiz hayoti uchun eng muhim va dolzarb masalalardan biri bo’lib, davlatimiz tomonidan fuqarolarimizni sog’lom kelajagi uchun qilinayotgan beqiyos g’amxo’rlikdir! 

Yuqorida ta'kidlab o’tilganidek, Respublika, viloyatimiz va shu jumladan shaxrimizga koronavirus pandemiyasining ikkinchi to’lqinini kirib kelishini u bilan bog’liq bo’lgan xavf-xatarlarni oldini olish biz tibbiyot xodimlari va keng jamoatchilikni oldida turgan kechiktirib bo’lmaydigan dolzarb masalalardan biri xisoblanadi. Maxalliy xokimliklar, xalq kengashi deputatlari tomonidan 2020 yil koronavirus pandemiyasining og’ir sinovli damlarida tibbiyot tizimiga. shifokorlar, o’rta tibbiyot xodimlariga katta amaliy yordam ko’rsatildi. Bu borada qilingan ishlarga shaxarning barcha tibbiyot xodimlari tomonidano’z minnatdorchiligimizni bildirib, axolimizni koronavirus infektsiyasi ofatidan ximoya qilishda va emlov jarayonlarini muvofaqiyatli o’tkazishda sizlarning ko’maklaringizga ishonch bildiramiz!

 

 

 

 

 

 

 

 



125896347


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram