Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2021 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31      

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 14 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

FARG’ONA | KUN.UZ TELEGRAM KANALDA TARQALGAN “QOPQOQSIZ “KOLODETS”, ABGOR KO’CHA, CHIQINDI UYUMI” MAVZUSIDAGI AXBOROT YUZASIDAN FARG’ONA SHAHAR HOKIMLIGNING RASMIY MUNOSABATI

×

 2021-03-26 09:33:50    72

PDF yuklash
Chop etish


Bugungi kunda Farg’ona shahrida infratuzilma ob'ektlarini yanada rivojlantirish, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish va tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash, to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi loyihalar ko’lamini oshirish, urbanizatsiya jarayonlarini jadallashtirish, aholiga ko’p kvartirali, shu jumladan arzon uy-joy majmualarini barpo etish va doimiy ish o’rinlarini tashkil etish bo’yicha manzilli dastur ishlab chiqib, amalga oshirilmoqda.

Farg’ona | Kun.uz telegram kanalda tarqalgan “Qopqoqsiz “kolodets”, abgor ko’cha, chiqindi uyumi" mavzusidagi axborot yuzasidan Farg’ona shahar hokimligning rasmiy munosabati

 2021 yil 25 mart kuni Farg’ona shahar hokimligining ishchi guruhi tomonidan Farg’ona shahrining Ahmad Yassaviy ko’chasida o’rganish ishlari olib borildi.

O’rganish davomida haqiqatdan ham Ahmad yassaviy ko’chasida joylashgan ko’p qavatli uylarning atrofi yog’ingarchilik paytida suvga to’lib ketishi, tashlandiq binolar orasida va qopqoqlari allaqachon olib ketilgan “kolodets” ichida chiqindilar “joy egallagan”ligi aniqlandi. 

Ushbu holat joyida bartaraf etilib, maishiy chiqindilarni 2 ta maxsus texnikalar yordamida olib ketildi. Shuningdek, ayni damda axborotda qayd qilib o’tilgan “kolodets” ishchi holatda emasligi hamda foydalanishga yaroqsizligi sababli viloyat Issiqlik manbai mas'uliyati cheklangan jamiyatining xulosasiga asosan butunlay ko’mib tashlanib, atrofi obodonlashtirildi. Ahmad Yassaviy ko’chasidagi 960 metr markaziy yo’lda “Farg’ona mintaqaviy yo’llarga buyurtmachi xizmati” davlat unitar korxonasi tomonidan ta'mirlash ishlari olib borilmoqda.



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram