Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
FVB ogohlantiradi: yong'indan ehtiyot bo'ling
2021-01-25 16:53:52 899
Mamlakatimiz iqtisodiyoti yildan – yilga rivojlanib bormoqda. Hayotimizni har xil texnika va texnologiyalarsiz, ularning beminnat yordamisiz tasavvur etishimiz qiyin. Oliy ma’lumotli muhandisdan tortib uy bekasigacha, katta sinf o’quvchisidan tortib endigina bolalar bog’chasiga qatnay boshlagan go’dakkacha kundalik turmushdagi maishiy texnikalardan foydalanadi. Demakki, biz xammamiz har kuni bir necha marotabalab yong’in keltirib chiqarishi mumkin bo’lgan holatlarni boshimizdan kechiramiz.
Ammo, insonlar olovdan foydalanishda oddiy bo’lib tuyulgan qoidalarga amal qilmasligi oqibatida hamon bu tilsiz yovdan aziyat chekib kelmoqda. Tahlillarga ko’ra Farg’ona shahar hududida sodir bo’layotgan yong’inlarning to’qson foizi beparvolik oqibatida kelib chiqqan. Farg’ona shaxrida 2020 yilda sodir bo’lgan yong’inlar soni 118 tani tashkil etadi, yong’inlarda 2 nafar fuqaro halok bo’ldi va 2 nafar fuqaro tan jaroxati olish holatlari qayd etildi. Yong’in natijasida yetkazilgan moddiy zarar miqdori 452 mln. 96 ming 54 so’mni tashkil etadi, shulardan aholi yashash sektori 271.814.324 so’m.
Shu sababli Farg’ona shahar Favqulodda vaziyatlar bo’limi xodimlari shahar hududida joylashgan korxona, tashkilot va mahallalarda yong’in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish, sodir bo’lishi mumkin bo’lgan yong’inlarning oldini olish maqsadida turli uchrashuvlar o’tkazib kelmoqda.
Hurmatli fuqarolar! Siz “tilsiz yov” ta’siridan aziyat chekib qolmay desangiz va xonadoningizda yong’in sodir bo’lmasligi uchun quyidagi yong’in xavfsizligi qoidalariga qat’iy amal qiling va doimo yodda tuting:
-nosoz gaz va elektr tarmoqlaridan foydalanmang;
-yosh bolalarni pech, gaz va elektr asboblarini yoqishiga hamda ulardan foydalanishiga yo’l qo’ymang;
-yosh bolalarni yolg’iz qoldirmang;
-uxlashdan oldin va uydan chiqib ketishdan oldin gaz hamda elektr asboblarini o’chirishni unutmang;
-mutassadi tashkilotlar ruxsatisiz gaz asboblarini bir joydan ikkinchi joyga ko’chirib o’rnatmang;
-gaz o’tkazish uchun vaqtinchalik quvurlardan va rezina shlanglardan foydalanmang;
- ochiq olovdan foydalanishda ehtiyot choralarini ko’ring;
-isitish mavsumidan oldin barcha isitish qurilmalarini texnik ko’rikdan o’tkazing;
-pechlarni, gaz va elektr isitish asboblarini yoqilgan holda qarovsiz qoldirmang;
- uyning shamollatish tizimining sozligini nazorat qiling;
- yong’in sodir bo’lganda 101ga va gaz xidini sezzangiz 104 telefon raqamlariga qo’ng’iroq qiling.
Aziz xamyurtlar! Yuqorida qayd etilgan muammolar va kamchiliklarni bartaraf etib, yong’inlarning oldini olishdagi ishlarni hamkorlikda olib borsak o’ylaymanki, uy-joyimizni,mol-mulkimizni, o’zimiz va farzandlarimizni yong’in ofatidan asrab qolamiz.
Farg’ona shahar FVB boshlig’i
o’rinbosari podpolkovnik
R.R.Xolmatov