Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 6 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Farg‘ona shahar hokimligining bildirishi

 2020-11-02 09:59:18    991

PDF yuklash
Chop etish


“Zo‘r TV” kanalining 2020 yil 28 oktyabr', “Bu kun” dasturida Farg‘ona shahar, Beshbola mahallasi Charxiy ko‘chasining “Obod mahalla” dasturi doirasida ishlar yakuniga yetkazilmaganligiaqida lavha e'lon qilingan.

Ushbu maqolada bildirilgan mulohazalar shahar hokimligining tegishli bo‘lim va boshqarmalari tomonidan atroflicha o‘rganib chiqildi.

O‘rganish davomida ichki yo‘llarni ta'mirlash, elektr ta'minotini yaxshilash, sizot suvlar sathini pasaytirish uchun qurilgan zovurlarni tozalash ishlarini amalga oshirilishi, deb topildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 17 yanvardagi “Aholi muoamolari bilan ishlash tizimining yanada takomilashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga asosan  “Obod mahalla“ dasturiga kiritiladigan mahalla fuqarolar yig‘inlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan kelishilgan holda shakllantiriladi.

Farg‘ona shahar hokimligi aniqlangan muamolarni bartaraf etish maqsadida Farg‘ona shahar, Charxiy ko‘chasidagi ishlarni 2021 yilgi dasturga kiritish bo‘yicha Respublika komissiyasiga taklif berdi.

Binobarin, aholi punktlarini me'moriy qiyofasini tubdan yangilash, hududlarni kompleks rivojlantirish, yo‘l-transport infratuzilmasi muhandislik-kommunikasiya tarmoqlarini va ijtimoiy soha ob'ektlarini barpo etish ishlari 2021 yilgi “Obod mahalla” dasturi asosida amalga oshirilishi rejalashtirilgan.