Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 29 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

FARG‘ONA SHAHAR KENGASHINING O‘N BESHINCHI SESSIYASI

 2020-10-05 17:05:44    1002

PDF yuklash
Chop etish


Oltinchi chaqiriq xalq deputatlari Farg‘ona shahar Kengashining o‘n beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Uni shahar Kengashi raisi, shahar hokimi Xamidjon Xabibidinov ochdi va olib bordi.

Sessiyaga xalq deputatlari shahar Kengashi deputatlari, shahardagi sektor rahbarlari, shahar hokimining o‘rinbosarlari, iqtisodiy sohadagi tashkilot rahbarlari, masalaga dahldor korxona va muassasa rahbarlari hamda OAV vakillari taklif etildi.

Sessiya kun tartibiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev rahbarligida 2020 yil 24 sentyabr' kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni reyting baholash natijalari, shuningdek, reyting natijalariga asosan yil yakuniga qadar va kelgusi yilning birinchi yarmida erishiladigan maqsadli qo‘rsatkichlardan iborat aniq chora-tadbirlar, muddatlar va mas'ul ijrochilar aks ettirilgan amaliy chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish bo‘yicha shahar sektor rahbarlarining axboroti kiritildi.

Dastlab sessiya ishtirokchilari shahar hokimi, 1-sektor rahbari Xamidjon Xabibidinovning axborotini tingladilar.

Axborot beruvchi mamlakatda tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarini jadal amalga oshirishni tashkil etish, aholi bilan muloqot tizimini yo‘lga qo‘yish, aholi turmush darajasi va bandligini oshirish, hududlarni jadal va kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni ta'minlashda mahalliy ijroiya hokimiyati organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirilish maqsadida Davlatimiz rahbarining 2020 yil 1 maydagi “Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni reyting baholash tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi PQ–4702-son qarori qabul qilingani, unga ko‘ra tumanlar va shaharlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini har yili reyting baholash tizimi joriy etilganiga to‘xtalib o‘tdi. Shu bilan birga joriy yil 24 sentyabr' kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev rahbarligida bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasini baholashning reyting ko‘rsatkichlari natijasiga ko‘ra Farg‘ona shahri yashil toifaga kiritilib, “Yaxshi” baholangan 48 ta shahar va tumanlar qatorida qayd etilib, Respublikada 12-o‘rinni, Farg‘ona viloyatida esa 1-o‘rinni egallagani alohida ta'kidlandi.

Shuningdek, Prezidentimiz topshirig‘iga asosan “Yashil xudud” deb topilgan 48 ta tuman va shaharlar, shu jumladan Farg‘ona shahrining ham barcha iqtisodiy ko‘rsatkichlarini , joriy yil yakuniga qadar 30 foizga oshirib bajarish borasida belgilab olingan barcha zaruriy chora-tadbirlar bilan yig‘ilganlarni tanishtirib o‘tdi.

Shundan so‘ng shahar prokurori, 2-sektor rahbari A.Mamataliev, shahar IIO FMB boshlig‘i, 3-sektor rahbari Sh.Dadaxonov, shahar soliq inspeksiyasi boshlig‘i, 4-sektor rahbari V.Bababekovlarning kun tartibidagi masala yuzasidan axborotlari tinglandi.

Bundan tashqari sessiya kun tartibidan “Farg‘ona shahrida koronavirus pandemiyasi davrida aholi bandligini ta'minlash va daromadi keskin kamayishini oldini olish, muhtoj oilalarni moddiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha “Temir daftar”ga kiritilib, hozirgi kunda 4 ta sektor tomonidan o‘rganish natijasida moddiy ahvoli yaxshilangan yoki ish bilan ta'minlangan fuqarolarning roziligi bilan “Temir daftar”dan chiqarish ishlarini davom ettirish” masalasi hamda “Farg‘ona shahrida epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib, maktabgacha ta'lim tashkilotlarida yangi o‘quv yilini an'anaviy va masofaviy shaklda boshlash” masalalari o‘rin oldi.

Kun tartibidagi masalalar yuzasidan muzokaralarda shahar Kengashi deputatlari Jasurbek Akbarov, Shaxnozaxon Siddiqova, Baxodirjon Xomidovlar qatnashdilar.

Shuningdek, sessiyada viloyat hokimining o‘rinbosari, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i Saidmurod Aminjonov kun tartibidagi masala yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirdi.

Sessiyada ko‘rilgan masala yuzasidan qaror qabul qilindi.

Shu bilan xalq deputatlari shahar Kengashining 15-sessiyasi o‘z ishini yakunladi.