Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Farg‘ona shahar hokimligining bildirishi
2020-09-04 18:11:47 1115
Arizachi F.Islambekova sudga ariza bilan murojaat qilib, Farg‘ona shahar hokimining 2018 yil 29 iyundagi 861-son qarorini haqiqiy emas, deb topishni so‘ragan.
Ish hujjatlaridan ma'lum bo‘lishicha, Farg‘ona shahar hokimining 2018 yil 29 iyundagi 861-son qarorini bilan, “Marg‘ilon Binokor Ta'mir Qurilish” MChJga Farg‘ona shahar, Forobiy ko‘chasi va Mustaqillik ko‘chalari kesishmasida joylashgan 1.04 ga bo‘sh yer maydonida 5 qavatli turar joy binosi qurish uchun ruxsat berilgan.
Lekin ushbu yer maydoni ajratilishida hududda yashovchi fuqarolarga tegishli bo‘lgan turar joy binolari egallab turgan o‘zga shaxslarning foydalanishidagi yer maydoni inobatga olinmagan.
Ya'ni, Farg‘ona shahar hokimining 861-son qarori chiqarilishida va yer tanlanishida aholi yashovchi uy-joylar egallagan yer maydoni shahar hokimligi bo‘sh yer maydoni zaxirasida ekanligi yoki xususiy mulk asosida fuqarolarning foydalanishida ekanligi holatlari to‘lik o‘rganilmagan holda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 25 fevraldagi (2018 yil 1 iyuldan o‘z kuchini yo‘qotgan) “Shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish hamda qishloq xo‘jaligiga oid bo‘lmagan ehtiyojlar uchun yer uchastkalari berish, shuningdek, ob'ektlarni qurishga ruxsatnomalar berish tartibini tubdan soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 54-son karori bilan tasdiqlangan Nizomda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer maydoni 1 gektargacha va 1 gektar bo‘lgan yer uchastkalarini tanlov asosida berilishi belgilanganligiga e'tibor qaratilmagan.
Natijada Farg‘ona shahar hokimligi tomonidan 2018 yil 29 iyundagi 861-son qarori chiqarilishida va “Marg‘ilon Binokor Ta'mir Qurilish” MChJga 1,04 ga yer maydoni ajratilishida ushbu ajratilgan yer maydonida yashovchi fuqarolarning xususiy mulki hisoblangan uy-joylar egallab turgan 0,34 ga yer maydoni shahar hokimligi bo‘sh yer maydonida emasligi sud prosessi davomida aniqlangan, Ushbu holatda “Marg‘ilon Binokor Ta'mir Qurilish” MChJga ajratilgan yer maydoni 0,70 ga bo‘lgani holda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 25 fevraldagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablariga mos kelmasligi, ayni holatda ushbu yer maydoni talabgorlarga ausion orqali berilishi lozim bo‘lganligini inobatga olib, sud tomonidan arizachining talablari qanoatlantirilgan. Natijada 2018 yil 29 iyundagi 861-son Farg‘ona shahar hokimining qarori haqiqiy emas, deb topilgan.
Hozirda “Marg‘ilon Binokor Ta'mir Qurilish” MChJ tomonidan Farg‘ona viloyati Ma'muriy sudiga apellyasiya shikoyati kiritilgan bo‘lib, 27 avgust kuni apellyasiya sudi dastlabki sud prosessi boshlangan va keyingi sud prosessi sentyabr' oyida ko‘rib chiqilishi ma'lum qilingan.